20 dek 12:36
Yangiliklar
Futbol

"Monako"ning rossiyalik futbolchisi 4 ta o'yinga chetlatildi
Franciya futbol ligasining odob-axloq qo'mitasi “Monako”ning rossiyalik yarim himoyachisiga qo'shimcha jazo tayinladi.
Golovinning “Lion” bilan o'yinda Nabil Fekirga qarshi ishlatgan qo'polligi videotakrorlar yordamida aniqlanib, unga 4 ta o'yinni o'tkazib yuborish jazosi tayinlandi.
Endi Aleksandr “Monako”ga “Gengam”, “Marsel”, “Nicca” va “Strasburg” bilan o'yinlarda yordam bera olmaydi.
Havola :
Fikrlar