20 apr 10:41
Yangiliklar
Tennis

Monte-Karlo “Masters”. Jokovich Timga yutqazib qo'ydi
Franciyaning Monte-Karlo shahrida tennis bo'yicha “Masters” seriyasiga kiruvchi nufuzli turnir davom etmoqda.
Musobaqaning sovrin jamg'armasi 5 million 238 ming 735 evroni tashkil qiladi. Dunyoning o'n uchinchi raketkasi bo'lgan serbiyalik Novak Jokovich ettinchi raqam ostida tasniflangan avstriyalik Dominik Timga yutqazib qo'ydi.
Ikki soatu 29 daqiqa davom etgan uchrashuvdan Tim nomdor raqibini 6:7(2), 6:2, 6:3 hisobida mag'lub etib, chorak finalga chiqdi. Uning yarim final ostonasidagi raqibi dunyoning birinchi raketkasi ispaniyalik Rafael Nadal bo'ladi.
Havola :
Fikrlar