16 apr 19:13
Yangiliklar
Monte-Karlo. Zverev - Sinner o'rtasidagi yarim final chiptasi uchun kechgan bahs 3 soat davom etdi
Jahonning uchinchi raketkasi, germaniyalik Aleksandr Zverev turnirning chorak finalida ATR reytingida 12-o'rinni egallab turgan italichlik Yannik Sinnerga qarshi bahs olib bordi.
3 soatu 5 daqiqa davom etgan uchrashuvda Zverev raqibini 5/7, 6/3, 7/6 hisobida mag'lub etib, turnirning yarim finaliga yo'l oldi. O'yin davomida Aleksandr 5 ta eys, 6 ta qo'sh xato va 5 ta breyk qayd etgan bo'lsa, Yannik 3 ta eys, 5 ta breyk qayd etib, 3 bor qo'sh xatoga yo'l qo'ydi. Sportchilarning o'zaro uchrashuvlarida hamon germaniyalik tennischi oldinda, 3:1.
Zverev Rolex Monte-Carlo Masters turnirining yarim finalida Stefanos Cicipasga qarshi bahs olib boradi.
Eslatib o'tamiz, Stefanos Cicipas turnirning amaldagi g'olibi hisoblanadi.
Fikrlar