22 mar 18:28
Yangiliklar

MOQ faxriylar va bolalarga Navro'z sovg'alarini ulashdi FOTOREPORTAJ
21 mart Umumxalq Navro'z ayyomi munosabati bilan bir guruh sportimiz faxriylari MOQ tomonidan taqdirlanishdi. Ular orasida afsonaviy bokschi Rufat Risqiev, og'ir atletika bo'yicha jahon rekordchisi Erkin Karimov, shuningdek, turli yillar davomida faoliyat olib borgan Erkin Giyazov, Nosir Sultonov, Azim Alimov, Ashirbek Abdusattorov, Mixail Korkin kabi faxriylarimiz ham bor.
MOQning qimmatbaho sovg'alari O'zbekiston sport faxriylari kengashi raisi Komiljon Xudoyberganov tomonidan topshirildi.
SHuningdek, bayram shukuhini yurtimiz aholisining har bir qatlamiga ulashish maqsadida MOQ xodimlari poytaxtmizdagi qariyalar uyi, Olmazor tumanidagi 1 va 2-son muruvvat uylariga ham tashrif buyurib, mehrga muhtoj ko'ngillarga quvonch baxshida etishdi.
Fikrlar