So’nggi yangiliklar

18:26ЕЧЛнинг олти карра ғолиби Тошкентга келмади 0 17:55Сакен Бибосинов оғир жароҳат сабаб шифохонага ётқизилди 0 17:24Тошкентда илк бор стол тенниси бўйича Осиё чемпионати ўтказилади 0 16:53Ян Непомняшчий Синдаров - Гукеш ўйинига тахмин билдирди 0 16:22"Пахтакор" ва "Нефтчи"нинг Саудия Арабистони клублари билан ўзаро ҳисоб-китоби 0 15:51Ўзбекистон гимнастлари Роттердамдаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 15:20Евлоев Волкановскига қарши жангда UFC`нинг ноёб рекордини ўрнатиши мумкин 0 14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0

12 iyu 13:10
Yangiliklar

Boshqalar

MOQ prezidenti Rustam SHoabdurahmonov Rossiya sport vaziri bilan uchrashdi

O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti Rustam SHoabdurahmonov Rossiya Federacisiga tashrifi doirasida Rossiya olimpiya qo'mitasi rahbari bilan uchrashgani haqida xabar bergan edik.

MOQ rahbari ushbu tashrif davomida Rossiya sport vaziri Pavel Kolobkovning ham qabulida bo'ldi. 

Uchrashuv davomida har ikki tomon o'zaro hamkorlik borasida qator loyihalar xususida kelishuvga erishishdi.

“Rossiya va O'zbekiston uzoq yillik mustahkam aloqalarga ega va biz bu hamjihatlikni davom ettirishga tayyormiz. Rossiya sport vazirligi va Rossiya olimpiya qo'mitasi O'zbekiston tomonining Rossiya sport vazirligi hamda O'zbekiston Jismoniy tarbiya va sport vazirligi o'rtasida keng qamrovli hamkorlik qilish borasida 2019 yil uchun tuzilgan harakat rejasini maqullaydi. Mazkur loyiha hududlarda sportdagi ilm-fan yutuqlari, jismoniy tarbiya va sport sohasidagi axborot almashinuvi, sport va boshqa yo'nalishlar bo'yicha tadbirlar tashkil qilish tajribasi, shuningdek, ikki Milliy olimpiya qo'mitalari o'rtasida chuqur hamkorlik qilish imkoniyatini yaratadi”, – dedi Rossiya sport vaziri Pavel Kolobkov.

Uchrashuv mobaynida o'zbekistonlik sportchilarning katta musobaqalarga tayyorlanishi uchun Rossiya sport vazirligiga qarashli sport bazalari taqdimoti ko'rsatildi. Tashrif davomida R.SHoabdurahmonovga MOQ qoshidagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi direktori, professor Abdushukur Sadikov hamrohlik qildi va Rossiyadagi sport tibbiyoti sohasi mutaxassislari bilan tajriba almashdi. Uchrashuv so'ngida Rossiya sport vaziriga O'zbekiston MOQning esdalik sovg'alari taqdim qilindi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing