So’nggi yangiliklar

17:45"Нега у икки камарни ушлаб турибди?" Холлоуэй UFC 330'дан кейин Махачевга "тош отди" 0 16:23Темиров — Кавана: кучли зарба ва техник ақл тўқнашуви. Абу-Дабидаги жанг нимани ҳал қилади? (мутолаа учун) 0 15:49Роналду: “Эҳтимол, бу менинг футболдаги сўнгги йилим бўлиши мумкин” 0 15:22IBF рейтинги янгиланди. Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 14:58Бадиий гимнастикачиларимиз Жаҳон чемпионатидаги иштирокини якунлашди 0 14:30Рамазон Темиров допинг текширувидан ўтди (ФОТО) 0 13:49Ироқ телеканали "Пахтакор" учрашувларини тўғридан-тўғри кўрсатишни бошлади 0 13:21Ислам Махачев кейинги рақиби сифатида кимни лойиқ кўришини айтди 0 12:45Дана Уайт Оқ уйда UFC турнирининг қайта ўтказилиши мумкинлиги ҳақидаги саволларга жавоб берди 0 12:19WBC рейтинги: 11 нафар боксчимизнинг рейтинги қандай? 0 11:53Варди фаолиятини Бразилияда давом эттириши мумкин 0 11:29Жанибек Алимханули WBO камари учун даъвогарга айланди 0 10:47Ломаченко қайтмоқда! У мағлубият нималигини билмайдиган боксчига қарши жанг қилиши мумкин 0 10:11UFC 330 турнири иштирокчилари жанглардан қанча гонорар ишлаб олишгани маълум бўлди 0 09:39"Ланс" ПСЖни мағлуб этиб, Франция Суперкубоги соҳибига айланди 0

27 iyu 07:48
Yangiliklar

Boshqalar

MOQ qoshida tashkil etilgan ilmiy-metodik markazning dastlabki faoliyati tahlil qilindi

Tokio Olimpiadasiga terma jamoamiz vakillarini har tomonlama puxta tayyorlash va unda yuqori natijalar qayd etishi uchun barcha sport sohalari jamjihatlikda faoliyat olib bormoqda.

Bugun O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasida o'tkazilgan navbatdagi yig'ilishda MOQ qoshida tashkil etilgan ilmiy-metodik markazning dastlabki ishi ko'rib chiqildi.

Mazkur tadbirni MOQ prezidenti Rustam SHoabdurahmonov olib bordi. Unda, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti administraciya sport sektorining rahbari SHavkat Sultonov, Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o'rinbosari Oybek Kasimov, MOQ vice-prezidenti Aziz Kamilov, federaciyalar rahbariyati, sport faxriylari, MOQ qoshidagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi mutasaddilari va OAV xodimlari ham ishtirok etishdi.

O'z mehnatini ayamayotgan barcha sport jonkuyarlariga o'z minnatdorchiligimni bildirib qolaman. Hozir terma jamoa vakillarining mashg'ulotlarini chuqur o'rganib, uni tahlil qilish bo'yicha Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, MOQ, O'zbekiston davlat Jismoniy tarbiya va sport universiteti professorlaridan iborat ishchi guruh tuzilgan. Xorijda yig'in o'tkazayotgan terma jamoalarimizning faoliyati ham o'rganilmoqda. Ishchi guruhga o'sha joyning qanday yaxshi sharoiti bor, uni o'zimizda ham tatbiq qilsa bo'ladimi kabi jihatlarni o'rganish vazifasi yuklatilgan. Bunda faxriylarimizning yordami ham kerak. Aynan ularning boy tajribasi asosida o'zbek sportining ertasini yaratamiz”, – dedi Rustam SHoabdurahmonov.

Ish davomida tashkil etilgan ilmiy-metodik markazning dastlabki faoliyati, sport kurashlari bo'yicha terma jamoamiz vakillarining mashg'ulotlarini o'rganish natijasida qayd etilgan xulosalar tinglandi. Yig'ilish doirasida SHavkat Sultonov, Oybek Kasimov, sport faxriylari kengashi raisi Komiljon Xudoyberganov va pedagogika fanlari doktori, professor Fikrat Kerimov ham so'zga chiqib, o'zbek sportining taraqqiyotida yo'lga qo'yilgan ushbu qadamning o'rni xususida gapirib o'tishdi. SHuningdek, ilmiy-metodik markazning kelgusi faoliyatida etibor qaratilishi kerak bo'lgan jihatlar, uning ishini yanada sifatli va mukammal qilish borasida tegishli ko'rsatmalar berildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing