So’nggi yangiliklar

12:19WBC рейтинги: 11 нафар боксчимизнинг рейтинги қандай? 0 11:53Варди фаолиятини Бразилияда давом эттириши мумкин 0 11:29Жанибек Алимханули WBO камари учун даъвогарга айланди 0 10:47Ломаченко қайтмоқда! У мағлубият нималигини билмайдиган боксчига қарши жанг қилиши мумкин 0 10:11UFC 330 турнири иштирокчилари жанглардан қанча гонорар ишлаб олишгани маълум бўлди 0 09:39"Ланс" ПСЖни мағлуб этиб, Франция Суперкубоги соҳибига айланди 0 09:00Хабиб Махачевнинг кечаги ғалабасига илк бор муносабат билдирди 0 08:23Grand Chess Tour: Синдаров 6-турда пешқадамлардан бири Каруана билан ўйнади 0 07:57Махачев Гэрри билан тўқнашув ҳақида: "Бир неча сонияга "юлдузчалар" кўринди" 0 07:32"Башакшехир" мавсумни ғалаба билан бошлади, Шомуродовда гол, Файзуллаевда ассист + ВИДЕО 0 21:20Хабиб Дана Уайтнинг 102 кг вазнга эга экани ҳақидаги баёнотига жавоб қайтарди 0 20:56Рамазон Темиров: "Дуо қилиб туринглар!" + ФОТО 0 20:24"Вазни 102 кг". Дана Уайт Хабибнинг UFC`га қайтиши эҳтимоли ҳақида 0 19:53Ҳакамликдаги инқироз ва ечим: бизга “тийиб туриш” механизми керак! 0 19:27Махачев — Йен Гэрри жанги статистикаси: зарбалар ва аниқлик фоизи, Мачадо 11 та кўпроқ зарба йўллабди 0

31 dek 08:18
Yangiliklar

Boshqalar

MOQ rahbari 2020 yil yakunlari bo'yicha yig'ilish o'tkazdi

O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi rahbari Rustam SHoabdurahmonov 2020 yil yakunlari bo'yicha yig'ilish o'tkazdi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29 dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasidan kelib chiqib, unda berilgan topshiriqlar ijrosini o'z muddatida sifatli bajarish maqsadida Olimpiya sport turlari bo'yicha federaciyalar va associaciyalar mutasaddilari bilan uchrashuv o'tkazildi. ZOOM platformasida o'tgan onlayn yig'ilishni O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi raisi Rustam SHoabdurahmonov olib bordi. Unda MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov, Qo'mita raisi o'rinbosari SHerzod Tashmatov, sport federaciya va associaciyalari rahbariyati, MOQ qoshidagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi mutasaddilari ishtirok etishdi. 

MOQ raisi yig'ilish avvalida ortda qolayotgan yil va unda amalga oshirilgan ishlar xususida qisqacha to'xtalib o'tdi.

«Ortda qolayotgan 2020 yil nafaqat O'zbekiston, balki butun jahon uchun sinovli yil bo'ldi desak, mubolag'a bo'lmaydi. Aslida bu yil o'zbek sporti uchun juda ham omadli boshlangandi. Murodjon Ahmadaliev professional boksda bir yo'la ikki yo'nalishda jahon chempionligini qo'lga kiritdi, undan so'ng havaskor bokschilarimiz Iordaniyada o'tgan licenzion musobaqada umumjamoa hisobida birinchi o'rinni egallab, Tokio 2020 Olimpiya o'yinlariga 7 ta licenziya qo'lga kiritishdi. Boshqa sport turlarida ham qator muvaffaqiyatlarga erishib, o'z rejalarimiz bo'yicha ildam qadam qo'yib kelayotgan edik. Afsuski, shundan so'ng koronavirus pandemiyasi butun dunyoni qamrab oldi.

Yurtimizda mart oyida boshlanib, bir necha oy davom etgan epidemiologik vaziyat barchamizni yanada jipslashtirdi. Hukumatimiz va davlatimiz rahbarining qo'llab-quvvatlashi bilan sportimiz rivojlanishdan to'xtab qolmadi. Aksincha, karantin davrida terma jamoamiz azolarining uy sharoitida shug'ullanishlari uchun zarur sport anjomlari etkazib berildi. Sportchilarimizning motivaciyasini oshirish maqsadida bu vaqt mobaynida onlayn mashg'ulotlar, seminarlar va hatto onlayn musobaqalar ham tashkil qildik.

2019-2020 yillar davomida Hukumatimiz tomonidan Tokio-2020 o'yinlariga tayyorgarlik ko'rish uchun sport federaciya va associaciyalarining talabnomalari asosida barcha xarajatlari to'liq moliyalashtirilib berildi.

O'z navbatida 2021 yilda oldimizda turgan Tokio Olimpiadasigacha bo'lgan davr uchun barcha moliyaviy masalalarimizni Hukumatimiz hal qilib berdi va bu borada mutlaqo muammo yo'q. Butun dunyo uchun shunday og'ir va sinovli davr bo'lishiga qaramasdan sport sohasini qo'llab quvvatlash va moliyalashtirish masalasida bizga katta yordam bergan davlatimiz rahbari va Hukumatimizga butun Olimpiya harakati ishtirokchilari nomidan cheksiz minnatdorchilik bildiramiz.


Oldimizga qo'yilgan maqsadlarga erishish uchun bizdan talab qilinadigani temir intizom va hamjihatlik, mehnatsevarlik, o'z ishiga fidoiylik, professionalizm, masuliyat va javobgarlik hissi, hamda o'z sport turiga bo'lgan sadoqatni ko'rsata bilsak, sportning xar bir turida yangi tizim – O'ZBEK MODELINI yarata olamiz.

SHu bilan birgalikda oldimizda echimini kutayotgan masalalar, bajarilmagan loyihalar, dolzarb ahamiyat kasb etgan muammolar mavjud. Ammo ortimizda shunday g'amxo'r Prezidentimiz, Buyuk Vatanimiz va zahmatkash xalqimiz bor ekan, shak shubha yo'qki birgalikda bu masalalarni echa olamiz.

Muhtaram Prezidentimiz kechagi Murojaatlarida ommaviy sport va sog'lom turmush turmush tarzi targ'ibotini yanada kuchaytirish, xalqimizning salomatlik darajasini oshirish bo'yicha juda ham istiqbolli fikrlarni bildirib o'tdilar. Biz bu borada hamjihatlikda ishlab, qo'ygan maqsadlarimizga etisha olamiz», – dedi Rustam SHoabdurahmonov.

SHuningdek, tadbir davomida Qo'mita Bosh kotibi «Toshkent-2025” IV yoshlar Osiyo o'yinlari direkciyasining direktori Oybek Kasimov, rais o'rinbosari SHerzod Tashmatov, O'zbekiston og'ir atletika federaciyasi raisining birinchi o'rinbosari SHahrullo Mahmudov, MOQ qoshidagi RSTIAM direktori, professor Abdushukur Sadikov va boshqa mutaxassislar ham so'z olib, 2020 yilda amalga oshirilgan ishlar va yangi yil rejalari haqida o'rtoqlashishdi.

Onlayn uchrashuv davomida Tokio Olimpiadasiga tayyorgarlikdan tashqari 2022 yilda Xanchjouda bo'lib o'tadigan Osiyo o'yinlari, Parij-2024 Olimpiya o'yinlari uchun ham hozirdan tayyorgarlik ko'rish, buning uchun yoshlar o'rtasida selekcion musobaqalarga etibor qaratish lozimligi takidladi. Yig'ilish yakunida Rustam SHoabdurahmonov barchani kirib kelayotgan 2021 yil bilan qutlab, barchaga o'zining samimiy tilaklarini bildirib o'tdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing