So’nggi yangiliklar

18:26ЕЧЛнинг олти карра ғолиби Тошкентга келмади 0 17:55Сакен Бибосинов оғир жароҳат сабаб шифохонага ётқизилди 0 17:24Тошкентда илк бор стол тенниси бўйича Осиё чемпионати ўтказилади 0 16:53Ян Непомняшчий Синдаров - Гукеш ўйинига тахмин билдирди 0 16:22"Пахтакор" ва "Нефтчи"нинг Саудия Арабистони клублари билан ўзаро ҳисоб-китоби 0 15:51Ўзбекистон гимнастлари Роттердамдаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 15:20Евлоев Волкановскига қарши жангда UFC`нинг ноёб рекордини ўрнатиши мумкин 0 14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0

25 iyu 11:08
Yangiliklar

Boshqalar

MOQ sport federaciyalari va associaciyalarini antidoping masalasida xushyorlikka chorladi

O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasida “Sportda taqiqlangan preparatlar va ularning salbiy oqibatlari” mavzusida seminar bo'lib o'tdi.

Unda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, MOQ, Sog'liqni saqlash vazirligi, Milliy antidoping agentligi, MOQ qoshidagi sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi (RSTIAM), barcha federaciya va associaciyalar vakillari hamda OAV xodimlari ishtirok etishdi.

Tadbirda dastavval O'zbekiston Milliy antidoping agentligi direktori Nodirbek Tursunov so'zga chiqib, Xalqaro antidoping agentligi (WADA)ning ayni paytdagi talablari, tashkilotning taqiqlangan preparatlar ro'yxatida yuz berayotgan o'zgarishlar xususida gapirib berdi. SHundan so'ng RSTIAM rahbari Abdushukur Sodiqov mavzu yuzasidan tayyorlab kelgan taqdimotini namoyish qildi.

“Zamonaviy sportda farmakologik vositalar yuqori natijalarga erishishning asosiy sababchisiga aylanib ulgurgan. Biroq ulardan to'g'ri va oqilona foydalana olish esa har kimning ham qo'lidan kelavermaydi. Doping deganda, ko'pchilik sportchiga qo'shimcha kuch va energiya beruvchi vositani tushunadi. WADA bundan tashqari sportchilarning tez tiklanishiga, og'riqni qoldirishga yordam beruvchi ko'plab dori vositalarini ham doping qatoriga qo'shgan. Bularning barchasi sportchining hayoti bilan hamnafas. SHunday ekan taqiqlangan preparatlardan o'z vaqtida xabardor bo'lish o'ta masuliyali vazifaga aylangan”, – dedi Abdushukur Sodiqov.

Seminarda so'zga chiqqan Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o'rinbosari Oybek Kasimov sohaning yurtimizdagi rivoji borasida o'zining tanqidiy fikrlarini bildirib o'tdi.

“Ochig'ini aytsam, bu seminarda yanada ko'proq malumot olaman, ko'proq tahlil eshitaman, deb o'ylagan edim. Bu erda o'z sohasining haqiqiy mutaxassislari o'tirishibdi. Sportchi tahlilining ijobiy chiqishi mamlakat imiji uchun ham salbiy tasir qiladi. Biz bu borada yanada ko'proq izlanib, dopingdan saqlanishimiz kerak. Antidopingdagi yangiliklar bo'yicha soatlab gapirsa bo'ladi. Tan olishimiz kerak, bizning bu sohada katta bilimga ega mutaxassislarimiz kam. Sport doktorlarini xalqaro seminarlarga jo'natib, ularning bilimini oshirish lozim. Afsuski, Tokio Olimpiadasigacha qolgan vaqt buning uchun qisqalik qiladi”, – dedi Oybek Kasimov.

Taqdimotda WADA tomonidan taqiqlangan preparatlarning so'nggi yangilangan ro'yxati malum qilindi. SHuningdek, seminar davomida bir qator mutasaddi rahbarlar va murabbiylar so'zga chiqib, Tokio Olimpiadasiga tayyorgarlik yo'lida farmakologik vositalardan to'g'ri foydalanish borasida o'z fikrlarini bildirib o'tishdi.



Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing