29 noy 07:26
Yangiliklar
MOQ xodimlari badminton bo'yicha bellashishdi + FOTO
Prezidentimizning 2020 yil 30 oktyabrdagi «Sog'lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida» PF-6099 farmoni ijrosini taminlash maqsadida MOQ xodimlari o'rtasida haftaning dam olish kunlari sport turlari bo'yicha turnirlar o'tkazilmoqda.
Kecha ana shunday musobaqalardan biri badminton bo'yicha tashkil etildi.
Takidlash joiz, bu galgi turnirda nafaqat xodimlarning o'zlari, balki ularning oila-azolari ham ishtirok etishdi. Do'stona ruhda o'tgan musobaqaning ochilish marosimida Bosh kotib Oybek Kasimov bu kabi tadbirlarni tashkil etishning salomatligimizga bo'lgan ijobiy tasiri haqida to'xtalib, undagi ishtirokchilarga omad tilab o'tdi.
Bellashuvlar yakunida erkaklar o'rtasida Bosh kotib yordamchisi Mahmud Toshtemirov, ayollar o'rtasida esa moliya-iqtisod departamenti etakchi mutaxassisi Saida Imangalieva birinchi o'rinni qo'lga kiritishdi.
Fikrlar