So’nggi yangiliklar

07:32Синдаров битта турнирда икки бор 5 карра жаҳон чемпиони афсонавий Виши Анандни мағлуб этди! Жамоаси пешқадамга айланди! 0 07:01Алекс Перейра қайси жангни хоҳлаётганини айтди 0 19:27Месси ва Роналду тарихда илк бор бир жамоада ўйнайди! 0 19:02Исроил Мадримов илмий унвонга эга бўлди (ФОТОГАЛЕРЕЯ) 0 18:42Шавкат Раҳмонов Махачевни танқид қилди 0 18:16Наоя Иноуэ фаолиятини қачон якунлаши мумкинлигини айтди 0 17:45Усикнинг жамоаси Тайсон Фьюрининг чақирувига жавоб берди 0 17:13"Барселона" собиқ футболчиси бутсаларини михга илди 0 16:42UFC рейтинги янгиланди. Нурсултон Рўзибоевнинг вазнидаги ҳолат қандай? 0 16:13"Энди Пётр Янни нокаут қилишим мумкин. Биринчи жангимизда жуда ёш эдим" - Сонг Ядонг 0 15:40Арман Царукян: "Махачев билан жангми? Аввал енгил вазнда камида беш марта чемпионликни ҳимоя қилмоқчиман" 0 15:12"Манчестер Сити" футболчиси энди Саудия Арабистони Про лигасида ўйнайди 0 14:30Шавкат Раҳмонов нима учун Чимаев билан тушунмовчилик бўлгани ҳақида гапириб берди 0 13:45Қозоғистон Осиё ўйинлари учун таркибини расман эълон қилди 0 13:13"Торехан қайси асосга кўра танлаб олинди?". Жусуповнинг мураббийи Қозоғистон терма жамоасидаги адолатсизлик ҳақида гапирди 0

29 okt 07:12
Yangiliklar

Velosport

MOQda velosiped sportining istiqbolli rejalari muhokama qilindi

Teglar :  MOQVelosiped
Milliy olimpiya qo'mitasida O'zbekiston velosiped sporti federaciyasining Tokio-2020 Olimpiadasi, shuningdek, Xanchjou-2022 Osiyo o'yinlari va Parij-2024 Olimpiya o'yinlariga tayyorgarlik dasturi muhokama qilindi.

Unda Rustam SHoabdurahmonov boshchiligidagi MOQ mutasaddilari, federaciya bosh kotibi va terma jamoa trenerlari ishtirok etishdi.

Suhbat davomida sportchilarimizning nafaqat bo'lajak musobaqalarda ishtirok etish, balki medallar uchun kurashish imkoniyatlari ham atroflicha muhokama qilindi. SHuningdek, yurtimizda ushbu sportining ommaviyligini yanada oshirish, shosse va trekda xalqaro arenalarda munosib ishtirok eta oladigan erkaklar va ayollar professional jamoalarini tashkil qilish kabi masalalarga ham to'xtalib o'tildi. Muloqotni jamoamizda faoliyat olib borishi kutilayotgan xorijlik murabbiylar Valentin Savitskiy (Rossiya) va Sergey Volchok (Belarus) ham kuzatib borishdi. Malumot uchun, Segrey Volchok trekning tempo, Valentin Savitskiy esa sprint yo'nalishida ishlaydi. Allaqachon Toshkentga etib kelgan S.Volchok majlisda shaxsan qatnashdi. Yaqin kunlar ichida ushbu mutaxassis rasman tanishtiriladi.

Taqdimot yakunida MOQ rahbari federaciyaning rejalarini qo'llab-quvvatladi va bu borada o'zining fikr-mulohazalarini bildirib, tegishli tavsiyalar berdi. Jizzax viloyatida qurilayotgan VMX trassasi bitgach, ushbu yo'nalishda ham xorijlik murabbiyni jalb qilish taklifi maqullandi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing