So’nggi yangiliklar

20:31MMA оламининг Макгрегор - Холлоуэй жангига муносабати: "Конор Конорни мағлуб этди" 0 19:53Фабио Каннаваро Ўзбекистон миллий терма жамоасидаги фаолиятини давом эттирадими? 0 19:05Макгрегорнинг мураббийи шогирдининг UFC 329 турнирдаги мағлубиятини изоҳлади 0 18:39Макс Холлоуэй Макгрегор билан жанг вақтида реваншни тўхтатишни сўраган экан 0 18:14"Мени устимдан куляпсизларми?" Дана Уайт UFC 329 даги ноқулай ҳолатга изоҳ берди 0 17:47Инфантино Жаҳон чемпионати иштирокчиларини янада кўпайтириш эҳтимолини истисно қилмади 0 17:17Макс Холлоуэй UFC тарихида бундай натижани қайд этган 20-спортчига айланди 0 16:43UFC ҳавас қиладиган кардни жамлаган RAF турнирининг барча натижалари 0 16:16Макгрегор тилга кирди ва ғалати мағлубияти сабабини айтди 0 15:48Рафинья “Ал Ҳилол”га йўл оладими? 0 15:15Жастин Гэтжи фаолиятини якунлаш ҳақидаги саволга жавоб қайтарди 0 14:49Конор сўнгги бешта жангида тўртинчи марта мағлуб бўлди 0 14:13Жонбиби Ҳукмова Осиё чемпионатида иккинчи олтин медалини қўлга киритди 0 13:46Месси реферига эътироз билдирди: "Ҳурматсизлик қилманг!” 0 13:18Ярим финалга энг кўп қайси давлат терма жамоаси боксчилари етиб келди? 0

26 noy 15:14
Yangiliklar

Olimpiya o'yinlari

MOQning qolgan rais o'rinbosarlari taqdiri nima bo'ladi?

Nafaqat kechagi kunning, balki Parij-2024 Olimpiadasidan keyingi davrning muhim sport voqeligi bu O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoevning Milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti etib saylangani bo'ldi.

2019-2022 yillarda O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti sifatida faoliyat yuritgan Toshkent shahrining sobiq hokimi Rustam SHoabdurahmonovdan keyin bu lavozim bo'sh qolayotgandi. 2022 yildan to shu kungacha MOQni lavozim jihatidan yuqoriroqda turuvchi Bosh kotib Oybek Kasimov boshqarib turdi. "Katta arava"ni tortishda unga raisning birinchi o'rinbosari Ravshan Ermatov, rais o'rinbosarlari SHerzod Tashmatov, Aziz Kamilov va Saken Polatov ko'maklashishdi. 

Nihoyat, endi MOQning ham o'z prezidenti bor va buyog'iga o'zbek sporti yanada rivojlanib, yangi bosqichga ko'tarilishidan umidvormiz. Zero, davlatimiz rahbarining shaxsan o'zi olimpiyachilarimiz bilan uchrashuvda Los-Anjeles-2028 Olimpiadasida O'zbekiston sport delegaciyasi oldiga Top-10`talikka kirish vazifasini qo'ygan edi. Kechagi o'zgarishlar bilan bu maqsadning amalga oshishi yanada tezlashishiga ishonamiz.     

Kecha MOQda Bosh vazir Abdulla Aripov boshchiligida o'tkazilgan yig'ilishda Osiyo olimpiya kengashi vice-prezidenti Otabek Umarov Milliy olimpiya qo'mitasining birinchi vice-prezidenti etib saylandi. SHerzod Tashmatov ikkinchi vice-prezident lavozimida faoliyatini davom ettiradi. SHu kungacha rais o'rinbosarlari sifatida ishlab kelgan Ravshan Ermatov (raisning birinchi o'rinbosari), Aziz Kamilov va Saken Polatovning MOQ tizimidagi keyingi taqdiri hozircha malum emas. MOQ matbuot xizmati bu haqda yaqin kunlar, balki soatlarda malumot bersa kerak. Fakt shuki, dzyudo, boks va taekvondo sport turlari O'zbekiston delegaciyasiga Parij-2024 Olimpiadasida oltin, kumush va bronza medallarini taqdim etdi.  

Malumot uchun, Ravshan Ermatov MOQdagi ishidan tashqari parallel ravishda O'zbekiston futbol associaciyasida birinchi vice-prezident, Aziz Kamilov O'zbekiston dzyudo federaciyasi raisi, Saken Polatov O'zbekiston havaskor boks federaciyasi raisining birinchi o'rinbosari (rais Ochilboy Ramatov) lavozimlarida faoliyat yurityapti. SHuningdek, ular Ijroqo'm azolari ham hisoblanishadi. Uzunquloq gaplarga qaraganda, Ravshan Ermatov O'FA prezidenti bo'lishi mumkin. Katta ehtimol bilan endi MOQdagi rais maslahatchisi ham o'zgarsa kerak. MOQ rasmiy saytida bu lavozimda Karimov Alisher Yo'lbarsovich ko'rsatilgan. Tez orada MOQ saytidagi bu malumot ham to'ldiriladi. 

SHu o'rinda, mustaqillik yillarida O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasida rahbarlik qilgan mutasaddilarni ham eslasak. Obid Nazirov (1992-1994) mustaqil O'zbekiston MOQining birinchi prezidenti sifatida tarixga kirgan. Keyin qilichbozlik bo'yicha olimpiya o'yinlari sovrindor Sobirjon Ro'ziev (1994-2003), shuningdek, Aziz Nosirov (2003-2004), Rustam Qurbonov (2004-2009), Malik Boboev (2009-2013), Mirabror Usmonov (2013-2017), Alisher Sultonov (2017-2018), Umid Ahmadjonov (2018-2019) va Rustam SHoabdurahmonov (2019-2022) MOQ prezidenti sifatida ishlashgan. SHavkat Mirziyoev hisob bo'yicha o'ninchi MOQ prezidentiga aylandi.    

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing