So’nggi yangiliklar

17:45"Нега у икки камарни ушлаб турибди?" Холлоуэй UFC 330'дан кейин Махачевга "тош отди" 0 16:23Темиров — Кавана: кучли зарба ва техник ақл тўқнашуви. Абу-Дабидаги жанг нимани ҳал қилади? (мутолаа учун) 0 15:49Роналду: “Эҳтимол, бу менинг футболдаги сўнгги йилим бўлиши мумкин” 0 15:22IBF рейтинги янгиланди. Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 14:58Бадиий гимнастикачиларимиз Жаҳон чемпионатидаги иштирокини якунлашди 0 14:30Рамазон Темиров допинг текширувидан ўтди (ФОТО) 0 13:49Ироқ телеканали "Пахтакор" учрашувларини тўғридан-тўғри кўрсатишни бошлади 0 13:21Ислам Махачев кейинги рақиби сифатида кимни лойиқ кўришини айтди 0 12:45Дана Уайт Оқ уйда UFC турнирининг қайта ўтказилиши мумкинлиги ҳақидаги саволларга жавоб берди 0 12:19WBC рейтинги: 11 нафар боксчимизнинг рейтинги қандай? 0 11:53Варди фаолиятини Бразилияда давом эттириши мумкин 0 11:29Жанибек Алимханули WBO камари учун даъвогарга айланди 0 10:47Ломаченко қайтмоқда! У мағлубият нималигини билмайдиган боксчига қарши жанг қилиши мумкин 0 10:11UFC 330 турнири иштирокчилари жанглардан қанча гонорар ишлаб олишгани маълум бўлди 0 09:39"Ланс" ПСЖни мағлуб этиб, Франция Суперкубоги соҳибига айланди 0

16 may 18:41
Yangiliklar

Boshqalar

MOQning yangi rahbari sport federaciyalari bilan yig'ilishda: "Olimpiada sabab yoshlar va o'smirlar terma jamoasini yoddan chiqarmaslik lozim"

O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasida rahbarlik faoliyatini boshlagan Rustam SHoabdurahmonov bugun birinchi ish kunida Olimpiya o'yinlari oilasiga kirgan barcha sport federaciya va associaciyalar mutasaddilari bilan uchrashuv tashkil qildi.

Unda ko'rilgan asosiy masala Tokio Olimpiadasiga olib boriladigan tayyogarlik dasturini ko'rib chiqib, sohadagi muammolarni bartaraf etishga qaratildi. 

Yig'ilishda shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o'rinbosari Oybek Kasimov, MOQ Bosh kotibi Jasur Matchanov, sport federaciyalari va associaciyalari mutasaddi va masul xodimlari ishtirok etishdi.


Oldimizda Tokio Olimpiadasi turibdi. Vaqt ham oz qolgan. Bartaraf etishimiz kerak bo'lgan muammolar etarli. Kecha ham aytganimdek, biz bu borada hamjihatlikda ishlashimiz kerak. Hozir bir necha oy qiynalamiz. Ammo shu qiyinchilikdan o'tib olsak, keyin ishimiz ancha engil bo'ladi. Hali har bir federaciya vakillari bilan alohida yaqindan tanishib chiqaman. Bungacha qilichbozlik federaciyasida faoliyat olib borganim bois, sohadagi vaziyat menga ayon. Endi qolgan federaciyalar bilan ham shug'ullanib chiqamiz. SHuningdek, hayolimizda faqat Tokio Olimpiadasi bo'lib, yoshlar va o'smirlar terma jamoalarini ham tashlab qo'ymasligimiz kerak. Axir keyingi Olimpiadaning negizini shular tashkil etadi. Ular haqida biz qayg'urmasak, hech kim o'ylamaydi”, – dedi Rustam SHoabdurahmonov.

Darxaqiqat, 2019-yil sportimiz uchun g'oyatda masuliyatli davr hisoblanadi. Zero, Tokio-2020 Olimpiya o'yinlari uchun aksariyat licenziyalarni atletlarimiz aynan joriy yilda qo'lga kiritishlari zarur. Bugungi uchrashuvda MOQ prezidenti mutasaddilarga fursatni qo'ldan boy bermay tayyorgarlik ishlarini jadallashtirish, o'quv-mashg'ulot yig'inlari sifatini oshirish, murabbiylar malakasini oshirish bo'yicha topshiriq berdi.

Yig'ilishda Olimpiya o'yinlari dasturiga kirgan boks, gimnastika, og'ir atletika, dzyudo, suzish, ot sporti, karate, o'q otish, kamondan otish, taekvondo WT, zamonaviy beshkurash va regbi federaciyalari mutasaddilarining fikrlari birma-bir eshitib chiqildi va muammolarni bartaraf etish borasida tegishli ko'rsatmalar berildi.

Reyting: -1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing