So’nggi yangiliklar

12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0 10:41Махачев Доғистон ҳақидаги ҳазил билан Волкановскининг янги соч турмагига муносабат билдирди (ФОТО) 0 10:10Исломбек Исмоилов: "Биз фақат Роналдуга эмас, балки бутун "Ал Насср" жамоасига қарши ўйнаймиз" 0 09:39"Бу ҳали бошланиши". Музаффарбек Тўрабоев Жаҳон чемпионатида қўлга киритилган медалига муносабат билдирди 0 09:11Хамзат Чимаев ва Чарльз Оливейра Чеченистонда (ФОТО) 0 08:41Тошкентда 100 000 долларлик шахмат мусобақаси ўтказилади 0 08:12АПЛ. "Манчестер Сити" меҳмонда "Ливерпул"ни йирик ҳисобда мағлуб этди 0 07:30Бенавидес Усик билан жанг қилиш учун супероғир вазнга кўтарилишга тайёр 0 19:19Наоя Иноуэ кейинги рақибининг номини эълон қилди 0 18:48Дана Уайт Шон Стрикленднинг боксда ўзини синаб кўриш истагига муносабат билдирди 0 18:17Башар Ресан "Персеполис"га қайтадими? 0 17:46Фьюри ва Жошуа жанги Буюк Британияда рекорд ўрнатиши мумкин 0 17:15"Фақат раундлар". Бивол ўзбекистонлик боксчилар билан машғулот ўтказмоқда (ФОТО) 0

01 fev 07:46
Yangiliklar

Boshqalar

Moskvada qishki korporativ o'yinlar o'tkaziladi. Unda o'zbekistonliklar ham ishtirok etadi

Teglar :  MoskvaRossiya
Sport bilan shug'ullanish va musobaqalarda qatnashish nafaqat professional yoki havaskor sportchi, balki turli tashkilotlar xodimlari orasida ham urf bo'lib bormoqda.

SHu yilning 11-13 fevral kunlari Moskvada navbatdagi qishki korporativ o'yinlari bo'lib o'tadi. 

Bu musobaqada turli tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan xodimlar ishtirok etadi. 2018 yildan beri muntazam o'tkazib kelinayotgan qishki korporativ o'yinlarda sportning 28 turi bo'yicha g'oliblar aniqlanadi. 2000 nafardan ziyod sportchi umumiy hisobda 690ta medal uchun kurash olib boradi. 

Qishki korporpativ o'yinlarida armrestling, basketbol, biatlon, voleybol, futbol, darts, tog' chang'isi, kerling, engil atletika, stol tennisi, otjimaniya, tennis, arqonga tortilib chiqish, suzish, turnikka tortilish, o'q otish, snoubord, kibersport, shaxmat, shashka, bilyard, bouling kabi sport turlari bo'yicha tashkilot xodimlari o'z kuchlarini sinab ko'rishlari mumkin. 

Ushbu musobaqada yurtimizdagi turli tashkilotlar xodimlarining har xil sport turlari bo'yicha qatnashishi kutilyapti.

Moskvada bo'lib o'tadigan qishki korporativ o'yinlar bosh tashkilotchisi Butunrossiya "Mehnat zaxiralari" jismoniy tarbiya va sport jamiyati hisoblanadi. 

Turli tashkilotlarda faoliyat yuritayotganlar diqqatiga: agar sizda ham Moskvadagi musobaqada ishtirok etish istagi bo'lsa, quyidagi raqamga murojaat qilishingiz mumkin. 

+998 91 629 42 77 (SHohrux)

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing