14 fev 10:20
Yangiliklar
Futbol
Mourino klublari ilk marta bunday yomon natija qayd etdi
"Tottenxem" APLning 24-turi doirasida "Manchester Siti" maydonida yirik 0:3 hisobida mag'lub bo'ldi.
Bu mag'lubiyat "shporlar" uchun ketma-ket ikkinchisi bo'ldi. 10 fevral kuni jamoa Angliya Kubogi doirasida "Everton"ga 4:5 hisobida yutqazib qo'ygandi.
2000 yildan buyon bosh murabbiy sifatida ishlayotgan Joze Mourinoning jamoasi ilk marta ketma-ket ikki o'yinda 8 gol qo'yib yubordi.
"Tottenxem"ning navbatdagi bahsi Evropa ligasi doirasida "Volfsberg"ga qarshi bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar