16 okt 11:37
Yangiliklar
Futbol

Mourinyu Puchni "Roma"da ko'rmoqchi
"Barselona" yarim himoyachisi Riki Puch faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin.
"Roma" bosh murabbiyi Joze Mourinyu 22 yoshli ispaniyalik futbolchiga qiziqish bildirmoqda.
Puch 2021/22 yilgi mavsum "Barselona" tarkibida 4ta o'yinda maydonga tushdi. Transfermarkt uni 15 million evroga baholamoqda. "Roma" A Seriyada 7 turdan so'ng 15 ochko jamg'argan holda, jadvalda 4-o'rinda bormoqda.
Havola :
Fikrlar