31 avg 09:24
Yangiliklar
Mozes Itauma nokautli mag'lubiyatiga ilk bor izoh berdi
Londonda bo'lib o'tgan jangda o'rtaga IBF yo'nalishidagi vaqtinchalik jahon chempionlik kamari qo'yilgandi. Xrgovich dastlabki raundlardagi nokdaunlariga qaramay, to'qqizinchi raundda mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan britaniyalikni chuqur nokautga uchratdi. Jang to'xtatilguniga qadar Itauma ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozonayotgan edi.
"Kecha mening kunim emas edi. Biz buyuk bir ish qilishga urindik, ammo tajribaliroq raqibga imkoniyatni boy berdik. Filip Xrgovichni g'alaba bilan tabriklamoqchiman. Garchi istalgan natijaga erisha olmagan bo'lsam-da, kelgusi janglarimda asqotadigan qimmatli tajriba orttirdim deb hisoblayman. Arenadagi va undan tashqaridagi muxlislarga minnatdorlik bildiraman. Sizlar tufayli bu oqshom men kutganimdan ham o'zgacha va hayajonli bo'ldi. Bu juda yaxshi jang bo'ldi. Xudo sizlarni asrasin. O'zingizni ehtiyot qiling, men qaytaman", — deya Itaumaning so'zlarini ijtimoiy tarmoqdagi Tunnel Culture keltirib o'tadi.

Fikrlar