30 avg 18:17
Yangiliklar
Boks/MMA
Mozes Itaumani ringdan zambilda olib chiqib ketishdi (VIDEO)
21 yoshli britaniyalik superog'ir vazn toifasidagi bokschi Mozes Itauma Xorvatiya vakili Filip Xrgovichga qarshi jangda mag'lub bo'lganidan so'ng ringdan zambilda olib chiqildi.
U jangdan keyingi natijani elon qilish marosimida ham ishtirok etmadi.
Bugun tongda London shahridagi «O2 Arena»da Itauma va Xrgovich o'rtasida jang bo'lib o'tdi. Bahsda IBF yo'nalishi bo'yicha superog'ir vazn toifasidagi chempionlik unvoni qo'yilgan edi.
Jang to'qqizinchi raundda Xrgovichning g'alabasi bilan yakunlandi. Itaumaning burchagi ringga sochiq tashladi va shundan so'ng referi jangni to'xtatdi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar