“Liverpul” hujumchisi Muhammad Saloh APLning 27-turi doirasida “Vest Xem”ga qarshi o'yinda (3:2) gol urishga erishdi. Bu misrlik futbolchi uchun APLning joriy mavsumidagi 15-gol bo'ldi. Uning “Liverpul” safida APLda urgan gollari esa 69 taga etdi. Bu orqali Saloh jamoaning sobiq futbolchisi Luis Suaresning APLdagi ko'rsatkichiga etib oldi. Ikkala futbolchi Mersisayd klubining APLdagi to'purarlari ro'yxatida 4-o'rinni bo'lishib turibdi. Ulardan oldinda Maykl Ouen (118), Stiven Jerrard (120) va Robbi Fauler (128) bor.
25 fev 08:26
Yangiliklar
Futbol

Muhammad Saloh Luis Suaresga etib oldi
Muhammad yana gol urdi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar