15 noy 07:01
Yangiliklar
Futbol

Mundial yo'lidagi raqibimiz Saudiya Arabistoni Yamaykani yirik hisobda engdi + FOTO
SHu kunlarda FIFA kunlari doirasidagi xalqaro o'rtoqlik uchrashuvlari davom etmoqda.
Bugun Saudiya Arabistoni o'z maydonida Yamaykaga qarshi bahs olib bordi. Uchrashuv davomida to'p nazorati borasida tenglik qayd etilgan bo'lsa-da, vaziyat yaratish va ulardan unumli foydalanish borasida mezbonlar yaqqol ustunlik qilishdi.
Saudiya Arabistoni terma jamoasi safida Salim al-Dosari, Solih al-SHehri va Firas al-Buraykan raqib darvozasini ishg'ol qildi. Yamaykalik o'yinchilar esa 90 daqiqa mobaynida Muhammad al-Yami qo'riqlagan darvoza tomon aniq zarba yo'llay olishmadi.
Saudiya Arabistoni 3:0 Yamayka
Gollar: 1:0 - Salim al-Dosari 10, 2:0 - Solih al-SHehri 44, 3:0 - Firas al-Buraykan 77.
Havola :
Fikrlar