So’nggi yangiliklar

10:51Жезуш Роналдунинг Португалия терма жамоасидаги фаолиятини якунлаш қарорига муносабат билдирди 0 10:09Тошкентда самбо бўйича 50-жаҳон чемпионати бошланди 0 22:18Емельяненко, Махачев ва бошқалар. Самбо бўйича Жаҳон чемпионати олдидан матбуот анжумани ташкил этилди (ФОТОГАЛЕРЕЯ) 0 19:49Сабирханга ўзбекистонлик нокаутчидан узоқроқ бўлиш тавсия этилди 0 17:29ММА афсонаси Фёдор Емельяненко ва амалдаги UFC чемпиони Ислам Махачев Тошкентга етиб келди + ФОТОРЕПОРТАЖ 0 16:36UFC Илия Топуриянинг қайтиш муддатини маълум қилди 0 16:05Ноябрь ойидаги ўртоқлик учрашларимизнинг бошланиш вақтлари маълум 0 15:34Байсангур Сусуркаев Дамиан Пинас билан жангини тасдиқлади 0 15:03Бобур Абдулазизов Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:32Дана Уайт Махачевнинг жангдан воз кечишининг сабабини айтди 0 14:01Суперлига. Бугун 27-турга старт берилади 0 13:30Дакар-2026 Олимпиадасида бугун 3 нафар ўзбекистонлик баҳсларга киришади 0 12:59Уайлдер қайтмоқда. У Фьюри - Жошуа жанги андеркардида рингга чиқади + ПОСТЕР 0 12:28Ҳумоюн Бегмуратов — Жаҳон чемпиони! 0 11:56Sofascore. Ҳусанов яна бир бор ҳимоядаги шериклари орасида энг яхшиси 0

11 fev 19:36
Yangiliklar

Karate

Mutal Nazarov Bishkekda "master klass" o'tkazdi, uning shogirdlari Jambuldagi musobaqada shohsupaga ko'tarildi

Qozog'istonning Jambul viloyati Korday tumanida shinkiokushinkay karate bo'yicha xalqaro turnir tashkil etildi.

Ananaviy tarzda Ramazan Majenov tomonidan o'tkazib kelinayotgan "Jas Batyr" musobaqasida mezbonlardan tashqari qo'shni davlatdan kelgan 300 nafarga yaqin karatechilar bir nechta yosh hamda vazn toifasida medallar uchun bahs olib borishdi. 

Xalqaro turnirda Toshkent shahri jamoasi ham qatnashdi. Yakunda poytaxtlik karatechilar 3 ta medal bilan vatanga qaytishdi. Temur Erkinov oltin, Oleg Magdyug kumush, SHohsanam Muhammadieva esa bronza medaliga sazovor bo'ldi. Musobaqada Mutal Nazarov hakam sifatida ishtirok etdi. 

Karatechilarimizning ustozi, NUR-HAS karate markazi murabbiyi, Jahon karate tashkiloti tomonidan tayinlangan vakili Bran-chif Mutal Nazarov musobaqa yakunlanganidan keyin ikki kun davomida Qirg'iz Respublikasi poytaxti Bishkek shahrida SHinkiokushinkay karate bo'yicha xalqaro seminarda ishtirok etdi va yosh karatechilarga master klass, yani mahorat saboqlarini o'tkazib berdi. Nazarov qirg'izistonlik qora belbog' 1-DAN sohibi Sergey SHevchenko yordam berdi. 

Ushbu xalqaro seminarni o'tkazishdan ko'zlangan asosiy maqsad Markaziy Osiyoda SHinkiokushinkay karateni yanada rivojlantirishdan iborat edi. To'rt nafar murabbiy-instruktor tomonidan ellikdan ziyod yosh karatechilarga kixon, ido, kata va kumite bo'yicha saboq berildi. 

Kelasi oy seminar ishtirokchilari DAN uchun imtihon topshirishadi. Xalqaro seminar yakunida ikki davlat o'rtasida hamkorlik memorandum imzolandi. Mutal Nazarov qirg'izistonlik murabbiy do'stlari bilan ikki mamlakat sportchilari o'rtasida chempionlar musobaqasini o'tkazishga kelishib olishdi.  

Yana bir malumot, Mutal Nazarov 30 may - 6 iyun kunlari Yaponiya poytaxti Tokio shahrida o'tkaziladigan fullkontakt karate bo'yicha jahon chempionatida yurtimiz nomidan yagona vakil sifatida ishtirok etadi. Ushbu musobaqada dunyoning 106 davlatidan karatechilarning qatnashishi kutilmoqda.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing