01 apr 12:38
Yangiliklar
Boshqalar
MXLning afsonaviy xokkeychisi faoliyatini yakunladi
Milliy Xokkey ligasi vakili “Nyu-Jersi” jamoasi etakchisi Patrik Eliash faoliyatini yakunladi.
Bunga uning sog'lig'idagi muammolar sabab bo'ldi. 40 yoshli xokkey yulduzining tizzasidagi jarohatlar oxir oqibat o'z so'zini aytdi. Eliash butun faoliyati davomida faqat “Nyu-Jersi” xokkey jamoasi sharafini himoya qildi.
CHexiyalik xokkeychi Milliy Xokkey ligasida 20ta mavsum o'tkazdi. Jami uchrashuvlar soni 1240tani tashkil qiladi. Hujumchi jamoasi bilan birga ikki bor Stenli Kubogini qo'lga kiritgan.
SHuningdek, Eliash jamg'arilgan ochkolar bo'yicha “Nyu-Jersi”ning rekordchisi ham hisoblanadi. Kelasi mavsumda klub rahbariyati xokkeychiga tegishli 26-raqamni muomaladan chiqaradi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar