17 may 14:26
Yangiliklar
Futbol

"MYU" meksikalik hujumchining transferidan voz kechdimi?
"Vulverxempton" hujumchisi Raul Ximenes keyingi mavsumda ham jamoada qolishi mumkin.
"Manchester Evening News" nashrining xabar berishicha, "Manchester Yunayted" klubi meksikalik forvardni taklif qilish fikridan voz kechgan. Oldinroq, mankunianliklar Ximenes uchun 100 million funt to'lashlari mumkinligi aytilgandi.
Malumot uchun, Ximenes joriy mavsum APL doirasida 29 ta o'yin o'tkazdi va 13 ta gol urdi.
Havola :
Fikrlar