17 okt 09:14
Yangiliklar
Futbol

MYU Sulsherni istefoga chiqarmaydi. Klub murabbiyga ishonishda davom etadi
Kecha oqshom "Manchester Yunayted" klubi APL doirasida "Lester"ga 2:4 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ygandi.
SHunga qaramasdan, klub rahbariyati jamoa bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsherni istefoga chiqarmoqchi emas va unga ishonishda davom etadi.
Sulsher boshchiligidagi jamoa so'nggi beshta o'yinda faqatgina bitta g'alaba qo'lga kiritib, APL jadvalining beshinchi o'rnini band etib turibdi.
Keyingi o'yinlarda esa, MYUni "Atalanta", "Liverpul", "Tottenxem" "Manchester Siti" kabi raqiblar kutib turibdi.
Havola :
Fikrlar