08 iyu 11:30
Yangiliklar
Tennis
Nadal 12-marotaba “Rolan Garros” finalida o'ynaydi
Ertaga tennis bo'yicha Franciya Ochiq chempionatining erkaklar o'rtasidagi musobaqasida chempion aniqlanadi.
Hozircha hal qiluvchi finalning bir ishtirokchisi malum bo'lib ulgurgan. Dunyoning ikkinchi raketkasi Rafael Nadal uchinchi raqam ostida tasniflangan Rojer Federerni mag'lub etib, o'z faoliyatida 12-marotaba “Rolan Garros” bosh mukofoti uchun kortga chiqish imkoniyatini qo'lga kiritdi.
SHuningdek, ertangi final Nadal uchun “Katta Dubulg'a” turkumiga kiruvchi turnirlardagi 26-final sifatida ham tarixga kiradi. Yana bir fakt shundaki, Rafa 2013 yildan buyon ilk bor Rojerni mag'lubiyatga uchratdi. So'nggi bor u Rim turnirida Federerdan ustun kelgan edi. 2013 yildan shu kungacha xard qoplamali turnirlarda Rojer Rafani 5 marotaba mag'lub etgan.
Havola :
Manba : gotennis.ru
Fikrlar