05 sen 15:40
Yangiliklar
Tennis

Nadal 4 soatdan oshiq davom etgan US Open uchrashuvida mag'lub bo'ldi
Dunyoning beshinchi raketkasi Rafael Nadal yilning to'rtta nufuzli turniridan biri AQSH Ochiq chempionati yakkalik bahslaridagi ishtirokini to'xtatdi.
Ispaniyalik tennis yulduzi nimchorak final uchrashuvida franciyalik Lyuke Puyega imkoniyatni boy berib qo'ydi. To'rt soatu 11 daqiqa davom etgan dramatik uchrashuvda 30 yoshli Nadal dunyo reytingida 25-o'rinni egallab turgan 22 yashar Puyega 1:6, 6:2, 4:6, 6:3, 6:7(6) hisobida yutqazib qo'ydi.
Hamyurtimiz Denis Istomin ilk davrada aynan Nadalga uch set natijasiga ko'ra imkoniyatni boy bergan edi. Puyening chorak finaldagi raqibi hamyurti Gael Monfis bo'ladi.
Havola :
Fikrlar