19 avg 17:55
Yangiliklar
Tennis

Nadal antirekord evaziga ATR reytingi peshqadamiga aylanadi
Ispaniyalik tennis yulduzi Rafael Nadal dushanba kuni elon qilinadigan ATR reytingida birinchi o'ringa ko'tarilib oladi.
Nadal AQSHning Cincinatti shahrida o'tkazilayotgan turnirning chorak finalida avstraliyalik Nik Kirosga imkoniyatni boy berib qo'ygan edi. SHunga qaramay, Rafa 21 avgust kuni elon qilinadigan reyting karvonboshisiga aylanadi.
Etiborga molik jihati shundaki, ispaniyalik tennischi ochkolar hisobiga ko'ra turli yillarda ATR reytingida peshqadamlik qilgan raketka ustalari orasida antirekord qayd etadi.
Dushanba kungi reytingda Nadalning ochkosi 7645 bo'ladi. SHu kungacha antirekord Endi Marreyga tegishli bo'lib, britaniyalik tennischi ayni paytda 7750 ochko bilan reytingda karvonboshilik qilyapti.
Havola :
Fikrlar