02 dek 11:22
Yangiliklar
SHaxmat
Tennis afsonalaridan biri Nodirbek Abdusattorovning o'yinida ilk yurishni amalga oshirib berdi (FOTO)
SHu kunlarda Buyuk Britaniyaning London shahrida shaxmat bo'yicha London Chess Classic 2025 musobaqasi o'tkazilmoqda.
Mukofot jamg'armasi 50 000 funt sterlingni tashkil etuvchi ushbu nufuzli musobaqada dunyoning ko'zga ko'ringan 10 nafar shaxmatchisi qatori yosh grossmeysterimiz Nodirbek Abdusattorov ham bosh sovrin uchun kurash olib boryapti.
Musobaqaning kechagi kuniga britaniyalik tennischi, dunyoning sobiq birinchi raqamli raketka ustasi Endi Marrey tashrif buyurdi.
Ahamiyatlisi, Marrey tashrif chog'ida aynan Abdusattorovning o'yinlaridan birida faxriy mehmon sifatida ilk yurishni amalga oshirdi.


Havola :
Manba : x.com/FIDE_chess
Fikrlar