10 iyu 14:00
Yangiliklar
Tennis

Nadal o'ninchi marotaba "Rolan Garros" finalida o'ynaydi
Ispaniyalik tennischi Rafael Nadal "Rolan Garros-2017" yarim finalida Dominik Timni mag'lubiyatga uchratdi va finalga yo'l oldi.
SHu tariqa, sportchi faoliyati davomida o'ninchi marotaba "Rolan Garros" finalida ishtirok etadigan bo'ldi. "Ulkan toj" turnirlari finalida esa 22-marotaba qatnashadi.
U finalgacha raqiblariga bor-yo'g'i 29 ta geym berib qo'ydi. Bu ham uning faoliyatidagi eng yaxshi ko'rsatkich.
U endi finalda shveycariyalik Sten Vavrinkaga qarshi bahs olib boradi. Ispaniyalik tennischi hech qachon "Rolan Garros" finalida yutqazmagan. Vavrinka esa "Ulkan toj" finallarida mag'lubiyat alamini totib ko'rmagan.
Havola :
Manba : GoTennis
Fikrlar