11 iyu 10:19
Yangiliklar

Nadal peshqadamlikni saqlab qoldi, Istomin hamon 100-o'rinda!
Yangilangan reytingda O'zbekistonning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin ikki hafta avvalgi o'rnini saqlab qoldi va ayni paytda roppa-rosa 100-o'rinni egallab turibdi.
“Rolan Garros” turnirida 11-marotaba chempion bo'lgan ispaniyalik tennis yulduzi Rafael Nadal hamon reyting peshqadami. Kuchli o'nlikda kichik o'zgarishlar kuzatilgan. Kechagi finalda Nadalga imkoniyatni boy bergan Dominik Tim bir pog'onaga ko'tarilib oldi. Yarim finalga etib kelgan Xuan Martin Del Potro esa 6-o'rindan 4-pog'onaga ko'tarildi.
ATP reytingi. 11 iyun kungi holat:
1 (1). Rafael Nadal (Ispaniya) – 8770
2 (2). Rojer Federer (SHveycariya) – 8670
3 (3). Aleksandr Zverev (Germaniya) – 5965
4 (6). Xuan Martin Del Potro (Argentina) – 5080
5 (4). Marin CHilich (Xorvatiya) – 4950
6 (5). Grigor Dimitrov (Bolgariya) – 4870
7 (8). Dominik Tim (Avstriya) – 3835
8 (7). Kevin Anderson (JAR) – 3635
9 (9). David Goffin (Belgiya) – 3110
10.(10). Jon Izner (AQSH) – 3070
...
100. (100) Denis Istomin (O'zbekiston) – 567
493. (489) Sanjar Fayziev (O'zbekiston) – 72
495. (514) Jo'rabek Karimov (O'zbekiston) – 72
671. (674) Humoyun Sultonov (O'zbekiston) – 36
868. (876). Sergey Fomin (O'zbekiston) – 17...
Fikrlar