11 sen 06:40
Yangiliklar
Tennis

Nadal - uch karra US Open turniri g'olibi!
AQSHning Nyu-York shahri mezbonlik qilgan “Katta Dubulg'a” turkumiga kiruvchi US Open turniri yakunlandi.
Musobaqaning erkak tennischilar o'rtasidagi yakkalik bahslarida ispaniyalik Rafael Nadal bosh mukofotni qo'lga kiritdi. Dunyoning birinchi raketkasi bo'lgan Nadal Janubiy Afrika Respublikasi vakili Kevin Andersonga qarshi kortga chiqdi.
Nadal 2 soatu 27 daqiqa davom etgan final bahsida 6:3, 6:3, 6:4 hisobida g'alaba qozondi. Ispaniyalik tennischi faoliyatida uchinchi bor AQSH Ochiq chempionatida bosh mukofotni qo'lga kiritdi. Nadal 16 karra “Katta Dubulg'a” turkumidagi turnirlar g'olibiga ham aylandi.
US Open. Nyu-York (AQSH). Xard
Sovrin jamg'armasi – 24 193 400 dollar
Final
Rafael Nadal (Ispaniya, 1) – Kevin Andersson (JAR, 28) - 6:3, 6:3, 6:4
Havola :
Fikrlar