10 fev 15:03
Yangiliklar
Engil atletika
Nadiya Dusanova Franciyada sovrindor bo'ldi
Kecha Franciyaning Obonn shahrida engil atletikaning balandlikka sakrash yo'nalishida navbatdagi xalqaro musobaqa tashkil qilindi.
Ushbu turnirda hamyurtimiz Nadiya Dusanova ham ishtirok etdi.
Osiyoning uch karra chempioni mazkur turnirda 190 sm balanlikni zabt eta oldi va bronza medaliga sazovor bo'ldi. Musobaqaning oltin medali 193 sm ga sakray olgan Katarina Tompsonga nasib qildi. Ikkinchi o'rinni qo'lga kiritgan Levar Spenser ham huddi shunday natija ko'rsata oldi va kumush medal sohibiga aylandi.
Nadiya Dusanovani ushbu muvaffaqiyat bilan tabriklab qolamiz. Hamyurtimiz dunyo engil atletikasi etakchilari ichida o'zining navbatdagi ajoyib natijasini ko'rsata oldi.
Eslatib o'tamiz, sportchimiz 7 fevral kuni Brno shahrida o'tkazilgan xalqaro turnirda 192 sm balandlikka sakrab, oltin medal sohibiga aylangandi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar