01 fev 14:10
Yangiliklar
Nadiya Dusanova Osiyo chempionatida oltin medalni qo'lga kiritdi
Musobaqaning dastlabki kunida qizlar o'rtasida balandlikka sakrash bahslari o'tkazildi.CHempionatda ushbu yo'nalishda ikki nafar hamyurtimiz - Nadiya Dusanova va Safina Sadullaevalar ishtirok etishdi.
Bugun o'tkazilgan bahslarda hamyurtimiz Nadiya Dusanova 1.87 metr balandlikka sakrab, oltin medal sohibiga aylandi.
400 metrga yugurish bahslarida startga chiqqan Nigina SHaripova esa saralash bosqichida muvaffaqiyatli qatnashib, final yo'llanmasini qo'lga kiritdi.
Qolgan sportchilarimizning turnirdagi ishtiroklari rejasi quyidagicha ko'rinish olgan:
1.02.2018
Balandlikka sakrash
18:00. Dmitriy Melsitov
Uzunlikka sakrash
20:00. Javohir Noriev (saralash)
2.02.2018
Yadro uloqtirish
10:10. Elena Smolyanova
18:15. Sergey Dementev
18:15. Grigoriy Kamulya
3.02.2018
Uzunlikka sakrash
9:30. Roksana Xudoyarova
Uch xatlab sakrash
17:30. Javohir Noriev
Beshkurash
9:00. Aleksandra Yurkevskaya
Fikrlar