21 iyu 11:31
Yangiliklar
Nadiya Dusanova Polshadagi turnirda sovrindor bo'ldi
Ushbu xalqaro turnirda o'zbekistonlik sportchi Nadiya Dusanova ham ishtirok etdi va sovrindorlar qatoridan joy oldi.
Qizg'in kechgan bellashuvlarda g'oliblik ikki karra jahon chempioni hisoblangan rossiyalik Mariya Lasickenega nasib etdi. U 194 sm balandlikka sakrab, oltin medal sohibasiga aylandi. SHohsupaning ikkinchi pog'onasidan esa 190 sm balandlikni zabt etgan Nadiya Dusanova o'rin oldi. Kuchli uchlikka ukrainalik Yuliya CHumachenko (186 sm) yakun yasadi.
Qayd etib o'tish lozimki, Nadiya Dusanova Osiyo o'yinlariga tayyorgarlikni qizg'in davom ettirmoqda. Ushbu turnir ham Jakartadagi nufuzli musobaqa uchun o'ziga xos tayyorgarlik vazifasini bajardi. Umid qilamizki, Dusanova avgust oyida bo'lib o'tadigan Osiyo o'yinlarida delegaciyamiz hisobiga oltin medalni qo'shib qo'ya oladi.
Fikrlar