So’nggi yangiliklar

17:30WBO рейтинги. Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 17:09Исроил Мадримовнинг жанги қолдирилди 0 16:43Муҳаммад Наимов UFC ростеридан чиқарилди 0 16:05Роналду “Ал Насср”нинг “Нефтчи” устидан қозонган ғалабаси ҳақида: “Ўсишда давом этамиз” 0 15:29IBF рейтингидан тўрт нафар ўзбекистонлик боксчи ўрин олди 0 14:45Баҳодир Жалоловнинг Лондондаги жанги жонли эфирда кўрсатиладими? 0 14:19Ислам Махачевнинг кейинги рақиби ва жанг санаси ҳақида маълумотлар тарқалди 0 13:44Sofascore. Кечаги учрашувда "Пахтакор" футболчилари неча баҳога лойиқ кўрилди? 0 13:13Евлоев Волкановскини "стойка"да синаб кўрмоқчи 0 12:42Зверев мавсумни расман дунёнинг биринчи ракеткаси мақомида якунлайди 0 12:11Пётр Ян ўта енгил вазндаги жангига 12 кун қолгандаги спорт формасини кўрсатди (ФОТО) 0 11:40Брендан Рожерс: "Спортда битта жамоа фаворит бўлиши мумкин, лекин бу ҳар доим ҳам натижани кафолатламайди" 0 11:09WTA рейтинги янгиланди. Етти теннис маликамиздан олти нафари кўтарилди 0 10:38UFC собиқ чемпиони Пенья RAF лигасида дебют қилади + ПОСТЕР 0 10:07Майкл Пейж: "Мен ўзимдан кишанларни ечиб ташладим" 0

07 fev 16:39
Yangiliklar

Engil atletika

Nadiya Dusanova Slovakiyadagi turnirda ishtirok etdi

Kecha Slovakiyada engil atletikaning balandlikka sakrash yo'nalishi bo'yicha xalqaro musobaqa bo'lib o'tdi.

Musobaqada engil atletikaning mazkur turi bo'yicha dunyo etakchilari hisoblangan sportchilar ishtirok etdi. Ular orasida amaldagi jahon chempioni, ketma-ket 32ta musobaqadan beri g'oliblikni qo'lga kiritib kelayotgan, o'z vaqtida 206 sm natijani qayd etgan rossiyalik Mariya Lasickene ham qatnashdi. Undan tashqari Sent Lyuis vakilasi Spencher Levern, bolgariyalik Mirela Memireva, italiyalik Alessiya Trost, CHexiya vakili Mixaela Xrubalarni ko'rishimiz mumkin edi. Takidlab o'tish lozimki, yuqorida sanab o'tilgan sportchilarning shaxsiy rekordi kamida 195 sm ni tashkil qiladi. 

Ushbu yulduzlar qatori turnirda Osiyoning uch karra chempioni, hamyurtimiz Nadiya Dusanova ham ishtirok etdi. Bahslarda Dusanova 184 sm natija ko'rsata oldi. 

Yakunda musobaqada rossiyalik sportchi Mariya Lasickene o'zining ketma-ket 33-g'alabasini tantana qildi. U 202 sm balandlikka sakray oldi. Undan keyingi o'rinlarni esa Spencher Levern hamda Alessiya Trostlar egalladilar.

Nadiya Dusanova bugun CHexiyada o'tkaziladigan xalqaro musobaqada ishtirok etadi. Ushbu turnirda hamyurtimizdan muvaffaqiyatli ishtirokni kutib qolamiz. 

Eslatib o'tamiz, Dusanova bir hafta oldin Eronda o'tkazilgan yopiq inshootlardagi Osiyo chempionatida 187 sm balandlikka sakrab, oltin medal sohibiga aylangandi. 


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing