19 mar 11:25
Yangiliklar
Nafisa Mo'minovada durang, singlisida g'alaba
Mukofot jamg'armasi 13 000 AQSH dollarini tashkil qilgan ushbu musobaqada 21 mamlakatdan 103 nafar ishtirokchi g'oliblik yo'lida dona surishdi.
Ular orasida opa-singil grossmeysterlar - Nafisa Mo'minova (2348) va Gulruhbegim Tohirjonova (2297) ham bor edi. SHaxmatchilarimiz turnirda o'z imkoniyatlaridan biroz past darajadagi natijani qayd etishdi.
Kecha turnirning so'nggi 9-partiya uchrashulari o'tkazildi. Mamlakatimizning birinchi raqamli ayol shaxmatchisi Nafisa Mo'minova qora donalarda o'ynab, reytingda o'zidan yuqorida turgan xitoylik grossmeyster Ley Ting Jie bilan durangga erishdi.
Gulruhbegim Tohirjonova esa ketma-ket ikki mag'lubiyatdan so'ng nihoyat g'alaba qozondi. U oq donalarda harakat qilib, vetnamlik raqibini mag'lubiyatga uchrata oldi.
Musobaqa yakuniga ko'ra Nafisa Mo'minova 4,5 ochko bilan qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 62-o'rinni egalladi. Qirq to'rtinchi pog'onadan joy olgan shaxmatchida ham 4,5 ochko bor. Tohirjonova esa 4 ochko bilan 68-pog'onani band etdi. Vetnamlik grossmeyster Le Kuang Lem 7 ochko jamg'arib, musobaqa g'olibiga aylandi.
Fikrlar