17 okt 14:05
Yangiliklar
Nakamura Sindarovga jahon chempionati oldidan yordam beryaptimi?
Nakamuraning o'zi esa bu taxminlarni hazil bilan rad etdi.
"Men uning jamoasida emasman. Faqat 2.Ke2 yurishi bo'yicha biroz maslahat beryapman", — dedi u.
2.Ke2 shaxmatda "Bongclaud" nomi bilan mashhur noodatiy debyutga tegishli. Unda oq shoh o'yinning dastlabki yurishlaridayoq oldinga chiqadi va rokirovka imkoniyatidan mahrum bo'ladi. Ushbu variant professional shaxmatda asosan hazil tariqasida qo'llanadi. Nakamura hazilini davom ettirib, bu yurishni ilgari Magnus Karlsenga qarshi jahon chempionati uchun "tayyorlagani", endi esa o'sha tajribani Sindarov bilan bo'lishayotganini aytdi.
U Magnus Karlsen ham Gukeshga 2.Ke2 yurishi bo'yicha maslahat berayotgan bo'lishi mumkinligini qo'shimcha qildi.
"Ko'ramiz, Sindarovmi yoki Gukeshmi — 2.Ke2 yurishini kim yaxshiroq qo'llar ekan", — dedi Nakamura.
Hozircha Xikaru Nakamuraning Javohir Sindarovning jahon chempionatiga tayyorgarlik jamoasiga qo'shilgani rasman tasdiqlanmagan.
Fikrlar