06 iyu 13:05
Yangiliklar
Tennis

Namangan “Fyuchers”. Ismoilov g'alaba bilan boshladi, qolganlarda mag'lubiyat
Namangan shahrida tennis bo'yicha “Fyuchers” turkumiga kiruvchi ham erkaklar, ham xotin-qiz tennischilar o'rtasidagi turnir davom etmoqda.
Sovrin jamg'armasi 25 000 dollarni tashkil qiluvchi musobaqaning erkaklar o'rtasidagi yakkalik bahslarida birinchi davra uchrashuvlari yakunlandi. Turnirda beshinchi raqam ostida tasniflangan hamyurtimiz Temur Ismoilov yana bir tennischimiz SHonig'mat SHofayzievni 6:1, 6:3 hisobida mag'lub etdi.
Sunatilla Qutiboev, SHohrux Abdumalikov, Olimjon Nabiev, Grigoriy Korabeynikov singari tennischilarimiz raqiblariga imkoniyatni boy berib, musobaqa bilan erta xayrlashishdi. Birozdan so'ng turnirning birinchi raketkasi hamyurtimiz Sanjar Fayziev ilk davra bahsida kortga chiqadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar