08 iyu 11:00
Yangiliklar
Tennis
Namangan "Fyuchers". Ismolov chorak finalda to'xtadi
Namanganda sovrin jamg'armasi 25 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi "Fyuchers" turniri davom etmoqda.
Turnirning beshinchi raqamli raketkasi sifatida saralangan tennischimiz Temur Ismoilov yarim finalga chiqish uchun rossiyalik Mixail Fufiginga qarshi kortga chiqdi.
Afsuski, sportchimiz jarohati sabab ushbu o'yinni oxirigacha etkaza olmadi. Temur birinchi setni 2:6 hisobida boy berib qo'ydi. Ikkinchi setda 1:3 hisobida yutqazayotganida o'yin to'xtadi.
Temur Ismoilov - Mixail Fufigin 2:6, 1:3 (rad)
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar