05 iyu 08:50
Yangiliklar

Namangan “Fyuchers”. Qizlarimizning raqibalari malum
Sovrin jamg'armasi 25 000 AQSH dollarni tashkil qiluvchi musobaqaning saralash bahslarida 18 nafar tennischimiz o'z ishtirokini boshlagandi. Ulardan ikki nafari - Polina Merenkova va Kamola Umarova asosiy to'rga chiqdi.
Mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Sabina SHaripova Namangan turnirining birinchi raketkasi sifatida harakat qiladi. Uning ilk davradagi raqibasi o'tgan hafta Andijonda bo'lib o'tgan turnir vice-chempioni rossiyalik Anastasiya Frolova bo'ladi.
Tennischilarimizning 1-davradagi raqibalari:
Sabina SHaripova (1) – Anastasiya Frolova (Rossiya)
Nigina Abduraimova (3) – Anastasiya Gasanova (Rossiya)
Oqgul Omonmurodova – Kseniya Likina (Rossiya, 4)
Polina Merenkova – Alina Silich (Rossiya)
Kamola Umarova – Go'zal Aynitdinova (Qozog'iston)
Yasmina Karimjonova – Kaur Karman Tandi (Hindiston)
Valentina SHleyn – Kamila Kerimbaeva (Qozog'iston, 8)
Arina Folc – Olga Puchkova (Rossiya)
Fikrlar