08 iyu 11:52
Yangiliklar
Tennis

Namangan “Fyuchers”. Sultonov yarim final bahsida kortga chiqdi
Namangan shahrida tennis bo'yicha sovrin jamg'armasi 25 000 AQSH dollaridan iborat bo'lgan “Fyuchers” turniri davom etmoqda.
Hozirgina musobaqaning yakkalik bahslarida ilk finalchining nomi malum bo'ldi. Istedodli tennischimiz Humoyun Sultonov yarim final uchrashuvida rossiyalik Roman Safiulinga qarshi kortga chiqdi.
Roppa-rosa bir soatu 30 daqiqa davom etgan bahsda turnirda uchinchi raqam ostida harakat qilayotgan rossiyalik raketka ustasi 6:4, 7:5 hisobida g'alaba qozonib, finalga yo'l oldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar