So’nggi yangiliklar

21:18Ал аш-Шайх “Канело” Ар-Риёдда жанг қилишга тайёрлигини маълум қилди 0 20:41Хорхе Масвидаль UFC’га қайтиш бўйича музокара олиб бормоқда 0 19:59Расман. Дмитрий Биволнинг навбатдаги жанги тасдиқланди (ПОСТЕР) 0 18:26ЕЧЛнинг олти карра ғолиби Тошкентга келмади 0 17:55Сакен Бибосинов оғир жароҳат сабаб шифохонага ётқизилди 0 17:24Тошкентда илк бор стол тенниси бўйича Осиё чемпионати ўтказилади 0 16:53Ян Непомняшчий Синдаров - Гукеш ўйинига тахмин билдирди 0 16:22"Пахтакор" ва "Нефтчи"нинг Саудия Арабистони клублари билан ўзаро ҳисоб-китоби 0 15:51Ўзбекистон гимнастлари Роттердамдаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 15:20Евлоев Волкановскига қарши жангда UFC`нинг ноёб рекордини ўрнатиши мумкин 0 14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0

04 okt 08:00
Yangiliklar

Boshqalar

Namanganda karting sporti bo'yicha respublika musobaqasining final bosqichi bo'lib o'tdi

Teglar :  Karting
Jamoalar “Vatanparvar” tashkiloti viloyat kengashining Uchqo'rg'on tumani o'quv sport-texnika klubi tasarrufidagi kartodromda g'oliblik uchun bahslashdi.

O'zbekiston mudofaasiga ko'maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti tomonidan O'zbekiston yoshlar ittifoqi, O'zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg'armasi va Namangan viloyati hokimligi hamkorligida tashkil etilgan musobaqada Andijon, Buxoro, Jizzax, Namangan, Sirdaryo, Toshkent, Farg'ona, Qashqadaryo, Surxondaryo, Xorazm viloyatlari va Toshkent shahri jamoalari ishtirok etdi.

Namangan viloyati jamoasi azolari S.Sardorov, M.Ko'kiboev, R.To'raboev, B.Jo'raev, toshkentlik D.Akopyan, B.Konyuxov, jizzaxlik B.Toshboev, buxorolik J.Baxshullaev, farg'onalik J.Qosimov, qashqadaryolik S.Yolqinov, andijonlik I.Nozimov, sirdaryolik S.Bagdasarov g'olib va sovrindorlar qatoridan joy oldi.


Umumjamoa hisobida Namangan jamoasi 221 ochko bilan musobaqa shohsupasining eng yuqori pog'onasidan joy oldi. Ikkinchi pog'onani 166 ochko to'plagan Toshkent shahri jamoasi, uchinchi pog'onani 97 ochkoni qo'lga kiritgan jizzaxlik sportchilar egalladi.


Musobaqa g'olib va sovrindorlari diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing