28 apr 08:57
Yangiliklar
Boshqalar
“Vatanparvar”ning 11 yoshli sportchisi Qozog'istonda o'tgan musobaqa g'olibi
Amir Xamraev Qozog'istonda o'tkazilgan xalqaro musobaqaning birinchi bosqichida faxrli birinchi o'rinni egalladi.
O'zbekiston Respublikasi Mudofaasiga ko'maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Toshkent shahar kengashi tasarrufidagi Yashnobod tumani o'quv sport texnik klubining karting sporti sekciyasi azosi Amir Xamraev Qozog'iston Respublikasida o'tkazilgan turnirning 1-bosqichida faxrli birinchi o'rinni egalladi.
Xalqaro sinfdagi kartinglar poygasining “MINI” sinfida ishtirok etgan sportchilar orasida 11 yoshli hamyurtimiz belgilangan masofani barcha raqiblaridan oldin bosib o'tib, tengdoshlari o'rtasida mutlaq g'oliblikni qo'lga kiritdi.
Laziz Bo'ranov, O'zbekiston Respublikasi Mudofaasiga ko'maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti matbuot kotibi
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar