So’nggi yangiliklar

08:11Илья Сибирцев яна бир дастурда Ўзбекистон рекордини янгилади 0 07:30WBC Адамесга титулсиз жанг ўтказишга рухсат берди 0 19:10"Реал" 15 ёшли ярим ҳимоячи билан битим имзолаши мумкин 0 18:39Волкановски фаолиятини якунлаш эҳтимоли ҳақида гапирди 0 18:17Афсонавий Федор Емельяненко Ўзбекистонга келади 0 17:41"Охирги жангдаги хатоларимни такрорламайман". Двалишвили Янга қарши учинчи жанг ҳақида гапирди 0 17:19Кэррик кетяптими? МЮ раҳбарияти фавқулодда йиғилиш чақирмоқда 0 16:48Дана Уайт мағлубиятcиз афғон жангчининг UFC`дан четлатилганига изоҳ берди 0 16:17Бугун Жаҳон чемпионатида тўрт нафар боксчимизга мухлислик қиламиз 0 15:46Итаума: "Хрговичга ҳаддан ташқари кўп ҳурмат кўрсатдим" 0 15:15"Пахтакор" клуби Илгиз Танташев қарорлари устидан расмий эътироз билдириб, даъво аризаси киритди 0 14:44Диёра Келдиёрова: "Энди мутлақо бошқа, янги Диёраман!" 0 14:13Британиялик блогер Жалоловни танқидлардан ҳимоя қилди 0 13:42Guangzhou Nansha International. Султонов икки ғалаба эвазига асосий тўрга йўл олди 0 13:11Шаҳин кечаги қийин ғалабадан сўнг нималар деди? 0

23 iyu 19:31
Yangiliklar

O'q otish

OAV xodimlari orasidan merganlar aniqlandi

Teglar :  Vatanparvar
27 iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan O'zbekiston Respublikasi mudofaasiga ko'maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti tomonidan respublika OAV xodimlari o'rtasida o'q otish bo'yicha musobaqa o'tkazildi.

“Sport – salomatlik garovi!” shiori ostida o'tkazilgan ushbu musobaqaning asosiy maqsadi jurnalistlar o'rtasida sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish va ularni sport bilan faol shug'ullanishga keng jalb qilish hisoblanadi.

Musobaqa ishtirokchilaridan 10 metr masofadan turib, belgilangan nishonlarni pnevmatik miltiqlarda mo'ljalga olib, o'q uzish talab etildi. 

Qizg'in, do'stona, shu bilan birga, murosasiz kechgan bellashuvda jurnalistlar quyidagi natijalarga erishdilar:

Erkaklar o'rtasida:

1-o'rin: Haydarov Qahramon O'ktamovich (Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikaciyalar departmenti);

2-o'rin: Zaitov Sanjar Sunnatullaevich (“Sport” telekanali);

3-o'rin: Hojimetov SHerzod Ortiqboevich (“Sport” telekanali).


Ayollar o'rtasida:

1-o'rin: Rahimova Dinara Rasulbek qizi (“Yoshlar” telekanali);

2-o'rin: Talipjanova SHafoat Manapovna (“Sport” telekanali);

3-o'rin: Almanova Mavjuda Po'latovna (Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikaciyalar departmenti);

G'oliblikni va faxrli o'rinlarni qo'lga kiritgan OAV vakillari “Vatanparvar” tashkilotining diplomlari va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.

SHuningdek, “Vatanparvar” tashkiloti faoliyatini OAVda yoritishda faol hissa qo'shib kelayotgan bir guruh jurnalistlarga tashkilot Markaziy kengashi raisining tashakkurnomalari topshirildi.

Eslatib o'tamiz, respublika bo'ylab “Vatanparvar” tashkiloti tizimida avtokross, motokross, karting, triatlon, duatlon, biatlon, o'q otish, aviamodel, raketamodel, kemamodel, radiosport kabi sportning texnik va amaliy turlari sekciyalari faoliyati yo'lga qo'yilgan bo'lib, Tashkilotning sportchilari ushbu sport turlari bo'yicha respublika, MDH, Osiyo va jahon chempionatlarida yuqori o'rinlarni egallab kelmoqda.

O'zbekiston Respublikasi mudofaasiga ko'maklashuvchi

“Vatanparvar” tashkiloti Matbuot xizmati

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing