So’nggi yangiliklar

19:27Месси ва Роналду тарихда илк бор бир жамоада ўйнайди! 0 19:02Исроил Мадримов илмий унвонга эга бўлди (ФОТОГАЛЕРЕЯ) 0 18:42Шавкат Раҳмонов Махачевни танқид қилди 0 18:16Наоя Иноуэ фаолиятини қачон якунлаши мумкинлигини айтди 0 17:45Усикнинг жамоаси Тайсон Фьюрининг чақирувига жавоб берди 0 17:13"Барселона" собиқ футболчиси бутсаларини михга илди 0 16:42UFC рейтинги янгиланди. Нурсултон Рўзибоевнинг вазнидаги ҳолат қандай? 0 16:13"Энди Пётр Янни нокаут қилишим мумкин. Биринчи жангимизда жуда ёш эдим" - Сонг Ядонг 0 15:40Арман Царукян: "Махачев билан жангми? Аввал енгил вазнда камида беш марта чемпионликни ҳимоя қилмоқчиман" 0 15:12"Манчестер Сити" футболчиси энди Саудия Арабистони Про лигасида ўйнайди 0 14:30Шавкат Раҳмонов нима учун Чимаев билан тушунмовчилик бўлгани ҳақида гапириб берди 0 13:45Қозоғистон Осиё ўйинлари учун таркибини расман эълон қилди 0 13:13"Торехан қайси асосга кўра танлаб олинди?". Жусуповнинг мураббийи Қозоғистон терма жамоасидаги адолатсизлик ҳақида гапирди 0 12:42ПСЖнинг 10 футболчиси "Олтин тўп" мукофотига даъвогарларнинг Топ-30`талигига киритилди 0 12:11Бекзод Қурбонов Германиядаги турнирда шоҳсупага кўтарилди 0

10 iyu 16:26
Yangiliklar

Boshqalar

2026 yilning eng abjir “shunqorlari” aniqlandi

Teglar :  Vatanparvar
“Yoshlar oyligi” doirasida O'zbekiston Respublikasi mudofaasiga ko'maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy kengashi raisi kubogi uchun “SHunqorlar” harbiy-sport o'yinlarining Respublika bosqichi o'tkazildi.

Mazkur o'yinlarni o'tkazishdan asosiy maqsad yoshlarni Vatanga sadoqat va yuksak harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, chaqiriqqa qadar yoshlarni Qurolli Kuchlar safida xizmat qilishga qiziqishini oshirib borish hamda ularni ruhan va jismonan chiniqtirishdan iboratdir.

“CHirchiq” dala o'quv maydonida o'tkazilgan “SHunqorlar” harbiy-sport o'yinlarining final bosqichida Qoraqalpog'iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlarda istiqomat qilayotgan 17 yoshdan 22 yoshgacha bo'lgan 140 nafar yoshlardan tashkil topgan 14 ta jamoa uchta blokdan iborat sinovlardan o'tkazildi.

“Harbiy-vatanparvarlik bloki”da jamoa azolarining O'zbekiston tarixiga doir bilimlari tekshirildi. SHuningdek, “Saf qo'shig'i” va “Biz – bir jamoamiz!” ko'rik-tanlovlari o'tkazildi.

“Harbiy-amaliy ko'pkurash bloki”da jamoalar pnevmatik quroldan o'q otish, o'quv granatasini uzoqlikka uloqtirish va harbiylashtirilgan estafeta bo'yicha bellashdilar. Harbiylashtirilgan estafeta doirasida yoshlar “AK-74” avtomatini qismlarga ajratish va to'liq yig'ish hamda gazga qarshi niqobni kiyib, belgilangan masofaga yugurish shartlarini bajardilar.

“Sport bloki”da duatlon, 100 metr masofaga yugurish va turnikda tortilish bo'yicha o'zaro musobaqalashdilar. Bellashuvlar davomida yoshlarning g'alabaga kuchli intilishlari, shijoatlari va harbiylikka bo'lgan qiziqishlari yaqqol sezilib turdi.

Do'stona ruhda, shu bilan birga shiddatli va murosasiz kechgan “SHunqorlar” harbiy-sport o'yinlarining respublika bosqichida Toshkent viloyati jamoasining qo'li baland kelib, O'zbekiston Respublikasi mudofaasiga ko'maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy kengashi raisining kubogini qo'lga kiritdi.

Ikkinchi o'rin Navoiy viloyati, 3-o'rin esa Andijon viloyati jamoalariga nasib etdi. G'oliblik va faxrli o'rinlarni qo'lga kiritgan jamoalar azolari “Vatanparvar” tashkiloti, Yoshlar ishlari agentligi va Yoshlar ittifoqi tomonidan diplomlar va qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlandi.

Eng etiborli jihati, uch kun davom etgan mazkur harbiy-sport o'yinlarining respublika bosqichi natijalaridan kelib chiqib, joriy yilda ham 7 nafar yigit va qizlar 3-sport razryadlariga ega bo'ldilar.

Ayniqsa, mazkur harbiy-sport o'yinlari doirasida o'tkazilgan “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi juda qizg'in tadbirga aylanib ketdi. Unda yoshlar “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy kengashi raisi Husan Botirov bilan ochiq muloqotda bo'lish imkoniyatiga ega bo'ldilar. Samimiy kechgan muloqotda “Vatanparvar” tashkiloti o'quv muassasalarida yoshlar turli kasb-hunarlarni egallashlari hamda sportning texnik va amaliy turlari bilan shug'ullanishlari uchun yaratilgan imkoniyatlar to'g'risida malumotlar berildi. Tadbir qizg'in savol-javoblar bilan o'tdi.

Takidlash joizki, respublika miqyosida o'tkazib kelinayotgan “SHunqorlar” harbiy-sport o'yinlari “Vatanparvar” tashkilotining “Vatanparvarlik – oliy maqsadimiz!” konceptual harbiy-vatanparvarlik g'oyasi ostida yoshlarni birlashtirishga mustahkam zamin yaratdi.

2025 yilning mart oyida “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy kengashi, Yoshlar ishlari agentligi hamda bir qator vazirlik va idoralar o'rtasida imzolangan “Harbiy-vatanparvarlik spartakiadasi” doirasida yoshlar o'rtasida harbiy-sport musobaqalari hamda huquqiy tanlovlarni tashkil etish va o'tkazish to'g'risida”gi qo'shma qarorga muvofiq, mazkur o'yinlarning tuman (shahar), hududiy va respublika bosqichlari o'tkazilishi belgilangan.

Yana bir muhim malumot: “SHunqorlar” harbiy-sport o'yinlarining bayrog'i va emblemasi yaratilgan bo'lib, asosiy ramzi sifatida shunqor qushi tanlangan. Bu bejiz emas, chunki shunqor lochinsimonlar oilasiga mansub kuchli, abjir qush hisoblanadi va u ko'chma manoda mard, jasoratli, kuchli shaxsga nisbatan ham qo'llaniladi.

O'zbekiston Respublikasi mudofaasiga ko'maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Matbuot xizmati

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing