So’nggi yangiliklar

19:31УЕФА Инфантинони тахтдан туширмоқчи, Анри эса футболчиларни уйғонишга чақирмоқда 0 18:58Жаҳон спортида яна бир шов-шувли дисквалификация рўй берди 0 18:13Жастин Гэтжи: "Конор Макгрегорга мушт туширишни сабрсизлик билан кутяпман" 0 17:45Хамзат Чимаев: "Стрикленд билан 24 соат жанг қилишга тайёрман" 0 17:16ФИФА УЕФАни туҳматда айблади 0 16:49Рўзибоев ўз вазнида! UFC Paris турнирининг вазн ўлчаш маросими ўтказилди (барча натижалар) 0 16:03Хамзат Чимаев UFC жангчиси билан кураш тушиш ниятида 0 15:30Octagon яна Ўзбекистонда турнир ташкил этади, бу сафар Тошкентда эмас 0 14:47Постекоглу Роналдунинг фаолиятини якунлашидан олдинги бош мақсадини айтди 0 14:16RAF Қозоғистондаги турнирини расман эълон қилди. Рўйхатда Ўзбекистон ҳам бор! 0 13:45Нурсултон Рўзибоев жанг қиладиган UFC турнирининг тўлиқ карди ва бошланиш вақти 0 13:14Сонг Ядонг Петр Ян - Мераб Двалишвили жангига тахминини айтди 0 12:43ЖЧ-2026 ғолиби 31 ёшида термадаги фаолиятини якунлади 0 12:12Махачевнинг жамоаси чемпионлик камарини йил охиригача ҳимоя қилиш шартини маълум қилди 0 11:41"Ўзимни жуда яхши ҳис қилгандим". Чимаев — Стриклендга қарши жангини эслади 0

01 iyu 13:18
Yangiliklar

Tadbirlar

“SHunqorlar” – 2025: Andijon viloyati jamoasi kubokning yangi sohibi!

“Yoshlar oyligi” doirasida 26-28 iyun kunlari O'zbekiston Respublikasi mudofaasiga ko'maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy kengashi raisi kubogi uchun “SHunqorlar” harbiy-sport o'yinlarining Respublika bosqichi o'tkazildi.

Mazkur o'yinlarni o'tkazishdan asosiy maqsad yoshlarni Vatanga sadoqat va yuksak harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, chaqiriqqa qadar yoshlarni Qurolli kuchlar safida xizmat qilishga qiziqishini oshirib borish hamda ularni ruhan va jismonan chiniqtirishdan iboratdir.

CHirchiq oliy tank qo'mondonlik-muhandislik bilimyurtida o'tkazilgan “SHunqorlar” harbiy-sport o'yinlarining final bosqichida Qoraqalpog'iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlarda istiqomat qilayotgan 17 yoshdan 22 yoshgacha bo'lgan 140 nafar yoshlardan tashkil topgan 14 ta jamoa uchta blokdan iborat sinovlardan o'tkazildi.

“Harbiy-vatanparvarlik bloki”da jamoa azolarining O'zbekiston tarixiga doir bilimlari tekshirildi. SHuningdek, “Saf qo'shig'i” va “Biz – bir jamoamiz!” ko'rik-tanlovlari o'tkazildi. 

“Harbiy-amaliy ko'pkurash bloki”da jamoalar pnevmatik quroldan o'q otish, o'quv granatasini uzoqlikka uloqtirish va harbiylashtirilgan estafeta bo'yicha bellashdilar. 

Harbiylashtirilgan estafeta doirasida esa yoshlar “AK-74” avtomatini qismlarga ajratish va to'liq yig'ish hamda gazga qarshi niqobni kiyib, belgilangan masofaga yugurish shartlarini bajardilar.

“Sport bloki”da duatlon, 100 metr masofaga yugurish va turnikda tortilish bo'yicha o'zaro musobaqalashdilar. “SHunqorlar” harbiy-sport o'yinlari davomida yoshlarning g'alabaga kuchli intilishlari, shijoatlari va harbiylikka bo'lgan qiziqishlari yaqqol sezilib turdi.

Do'stona ruhda, shu bilan birga shiddatli va murosasiz kechgan “SHunqorlar” harbiy-sport o'yinlarining respublika bosqichida Andijon viloyati jamoasining qo'li baland kelib,“Vatanparvar” tashkiloti Markaziy kengashi raisining kubogini qo'lga kiritdi.

Eslatibo'tamiz, so'nggi uch yildan buyon Xorazm viloyati jamoasi g'olib bo'lib, kubokni o'zida saqlab kelayotgan edi. Ikkinchi o'rin Toshkent viloyati, 3-o'rin esa Samarqand viloyati jamoalariga nasib etdi. Yakunda g'oliblik va faxrli o'rinlarni qo'lga kiritgan jamoalar azolari “Vatanparvar” tashkiloti, Yoshlar ishlari agentligi hamda Yoshlar ittifoqi tomonidan diplomlar va qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlandi.

SHuningdek, uch kun davomida sport musobaqalarida belgilangan natijalarni qo'lga kiritib, yagona sport tasnifining meyoriy talablarini bajargan 6 nafar yigit va qizlar uchinchi sport razryadlariga ega bo'ldilar.

Takidlash joizki, respublika miqyosida o'tkazib kelinayotgan “SHunqorlar” harbiy-sport o'yinlari “Vatanparvar” tashkilotining “Vatanparvarlik – oliy maqsadimiz!” konceptual harbiy-vatanparvarlik g'oyasi ostida yoshlarni birlashtirishga mustahkam zamin yaratdi.

2025 yilning mart oyida “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy kengashi, Yoshlar ishlari agentligi hamda bir qator vazirlik va idoralar o'rtasida imzolangan “Harbiy-vatanparvarlik spartakiadasi” doirasida yoshlar o'rtasida harbiy-sport musobaqalari hamda huquqiy tanlovlarni tashkil etish va o'tkazish to'g'risida”gi qo'shma qaroriga muvofiq, “SHunqorlar” harbiy-sport o'yinlarining tuman (shahar), hududiy va respublika bosqichlari o'tkazilishi belgilangan.

Yana bir muhim malumot: “SHunqorlar” harbiy-sport o'yinlarining bayrog'i va emblemasi yaratilgan bo'lib, asosiy ramzi sifatida shunqor qushi tanlangan. Bu bejiz emas, chunki shunqor lochinsimonlar oilasiga mansub kuchli, abjir qush hisoblanadi va u ko'chma manoda mard, jasoratli, kuchli shaxsga nisbatan ham qo'llaniladi.

O'zbekiston Respublikasi mudofaasiga ko'maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Matbuot xizmati

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing