21 may 13:42
Yangiliklar
Eshkak eshish
Namanganda slalom bo'yicha Respublika ochiq kubogi bo'lib o'tadi
23-26 may kunlari Namanganda slalomda eshkak eshish bo'yicha Respublika ochiq kubogi bo'lib o'tadi.
Mazkur musobaqada yurtimizning barcha viloyatlaridan tashrif buyuradigan sportchilar qatori qo'shni mamlakat vakillari ham ishtirok etishi kutilmoqda.
Ushbu Respublika ochiq kubogi yoshlar toifasida o'tkazilib, unda 1999 yil va undan keyin tug'ilgan sportchilar ishtirok etishadi. Takidlash joiz, mazkur turnir orqali terma jamoa murabbiylari yoshlar terma jamoasi uchun zahira jamoasini saralab olish imkoniyatiga ham ega bo'ladilar. Reglamentga ko'ra, musobaqa maxsus slalom, tezkor tushish va jamoaviy yo'nalishda bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar