So’nggi yangiliklar

11:04Тони Кроос мураббийлик фаолиятини бошлаши мумкин 0 10:33Бугун ҳам Жаҳон чемпионатида тўрт нафар дзюдочимизга мухлислик қиламиз (Жуфтликлар) 0 10:02Пётр Ян: "Мовсарнинг Волкни мағлуб этиш учун иккита варианти бор" 0 09:31Асу Алмабаевнинг мураббийи UFC камари собиқ даъвогарига қарши жанг учун тайёргарлик режасини ошкор қилди 0 09:02Суперлига. Бугун Тошкент дербиси бор, "Пахтакор" пешқадамга айланиб оладими? 0 19:54Чемпион Сильва Шевченкога навбатга туришни таклиф қилди 0 19:23Арман Царукяннинг рақиби маълум, сана ва манзил ҳам + ПОСТЕР 0 18:52Ғалабалар сари бораётган ёшлар 0 18:21Гвардиола "Манчестер Сити"га қайтмоқда 0 17:50Кроуфордни қийнаган Исроил Мадримов беш йил ўтиб яна Тошкентда жанг қилади. Бу Исроил учун қанчалик аҳамиятли жанг? 0 17:19Сўнгги воқеалар фонида Жермелл Чарло Хайме Мунгияни жангга чорлади 0 16:48Стрикленд UFC’даги адолатсизликка ишора қилиб, боксга ўтиш ҳақида ўйлаётганини айтди 0 16:17"Радник" бош мураббийи: "Шукуровнинг трансфери клубимиз даражаси ўсганини кўрсатади" 0 15:46Хайме Мунгияга Ўзбекистонда жанг ўтказиш таклиф қилинди 0 15:15Пётр Ян қандай ҳолатда ярим енгил вазнда UFC камари учун жанг қилишини айтди 0

25 dek 18:47
Yangiliklar

Ot Sporti

Namanganda uloq-ko'pkari bo'yicha Respublika chempionati o'tkaziladi

25-28 dekabr kunlari Namangan shahridagi Markaziy otchoparda uloq-ko'pkari bo'yicha Respublika chempionati bo'lib o'tadi.

Unda barcha viloyatlardan kelgan 12ta jamoa g'oliblik uchun bahslashadi.

Qayd etish kerak, ushbu milliy ot sporti uzoq yillardan beri etibordan chetda qolib kelayotgan edi. Hozirda ushbu musobaqaga O'zbekiston uloq-ko'pkari federaciyasi tomonidan puxta tayyorgarlik ko'rilgan holda uning mezonlari Xalqaro uloq-ko'pkari federaciyasi nizomlariga muvofiq tashkil etilgan. Yani, maydonda har bir bahsda bitta jamoadan o'n ikki nafar chavandoz va uloqchi ot, jami yigirma to'rt nafar ishtirokchi qatnashadi.

Bellashuvni bir nafar bosh hakam va ikki nafar yordamchi hakam boshqarib boradi. Bahs g'olibi belgilangan muddat ichida raqib jamoa somoni – doira shaklidagi marraga tashlangan taka soniga qarab aniqlanadi. Misol uchun, bir jamoa raqib somoniga ulardan ko'proq taka ayirib tashlagan bo'lsa, o'sha jamoa g'olib sanaladi. Birinchi bosqichda yutgan jamoalar ikkinchi bosqichga yo'l oladi. Mutlaq g'oliblik uchinchi bosqich natijalariga ko'ra aniqlanadi.

Hakamlar jamoasi Xalqaro uloq-ko'pkari federaciyasi nizomiga mos tarzda bir nafar bosh hakam, ikki nafar bosh hakam yordamchisi, bir nafar bosh kotib, ikki nafar bosh kotib yordamchisi, besh nafar maydon hakami, bir nafar vaqt nazoratchisi va bir nafar musobaqa suxandonidan tashkil topgan.

Har bir jamoa o'n ikki nafar chavandoz va uloqchi ot, bir nafar jamoa sardori, bir nafar murabbiy va bir nafar otboqardan iborat bo'ladi. Musobaqaga tayyorgarlik jarayonida O'zbekiston uloq-ko'pkari federaciyasi tomonidan har bir chavandozga maxsus ID raqami berilib, tegishli tartibda federaciya sertifikati topshirildi.

Uloq-ko'pkari bo'yicha Respublika chempionatida 1-o'rinni qo'lga kiritgan jamoa 30 000 000 (o'ttiz million) so'm, 2-o'rin sohiblariga 20 000 000 (yigirma million) so'm va nihoyat faxrli 3-o'ringa sazovor bo'lgan jamoa esa 10 000 000 (o'n million) so'm pul mukofoti hamda boshqa qimmatbaho sovrinlar bilan taqdirlanadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing