31 avg 19:41
Yangiliklar
Tennis
Naomi Osaka AQSH Ochiq chempionatini muvaffaqiyatli boshladi
Jahonning uchinchi raketkasi yaponiyalik Naomi Osaka US Open startida WTA reytingida 87-o'rinni egallab turgan chexiyalik Mari Buzkovaga qarshi kortga chiqdi.
1 soatu 33 daqiqa davom etgan uchrashuvda Osaka raqibasini 6/4, 6/1 hisobida mag'lub etdi. O'zaro uchrashuvlardagi hisob yaponiyalik tennischi foydasiga 2:0 ko'rinishiga keldi.
Osakaning US Open'dagi navbatdagi raqibi serbiyalik Olga Danilovich bo'ladi.
Havola :
Manba : Gotennis.ru
Fikrlar