05 jan 13:57
Yangiliklar
Tennis
Naomi Osaka: "Birgina maqsadim qoldi - boshqa hech qachon jurnalistlar oldida yig'lamaslik"
Yaponiyalik tennischi Naomi Osaka o'z motivaciyasi haqida gapirdi.
"Menda umumiy birgina maqsad qoldi va bu g'alabalar bilan bog'liq emas. Men o'yinlardan zavq olishni xohlayman. Men o'yin payti borimni berishni istayman. Lekin asosiy vazifa — boshqa hech qachon jurnalistlar oldida yig'lamaslik.
Oldinlari men g'alabalar, unvonlar va reyting haqida ko'p o'ylar edim. Aslida zavq haqida o'ylash kerak ekan. Men shuning uchun o'ynashni boshladim.
US Open musobaqasidan keyin nima qilishni bilmay qoldim. Hattoki, COVID sabab sayohatga ham chiqa olmadim. SHunchaki, uyda o'tirdim va do'stlarimning asabiga tegdim", — deya Osakaning so'zlarini keltiradi WTA.
Diyor Mavlonov tayyorladi
Havola :
Manba : WTA
Fikrlar