05 okt 07:51
Yangiliklar
Tennis
Naomi Osaka China Open 1/2 finalchisiga aylandi
Xitoy poytaxti Pekin shahrida o'tkazilayotgan tennis bo'yicha nufuzli WTA turniri o'zining hal qiluvchi pallasiga kirdi.
Sayyoramizning to'rtinchi raqamli tennis malikasi Naomi Osaka musobaqaning yarim final ishtirokchisiga aylandi. Yaponiyalik tennischi chorak final uchrashuvida kanadalik Byanka Andreeskuni mag'lub etdi - 5/7, 6/4, 6/4.
Dunyoning oltinchi raketkasiga qarshi bahs 2 soatu 14 daqiqa davom etgan. Naomi bu vaqt davomida 10 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Bu tennischilarning o'zaro ilk uchrashuvi edi. Bugun Osaka 1/2 finalda daniyalik Karolin Voznyackiga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar